O‘z-o‘zini diagnostika qilish

DO`STLARGA ULASHING:

O‘z-o‘zini diagnostika qilish va tanani tinglashni o‘rganamiz.
Agar siz haqiqatan ham sog‘lom bo‘lishni va shifokorlarga bog‘liqlikni kamaytirishni istasangiz, avvalo, o‘zingizni tashxislashda kamida minimal ko‘nikmalarni rivojlantirishingiz kerak.
Fiziognomiyaning elementar tushunchalariga e’tiboringizni qaratsam siz uchun foydali bo‘ladi. Sharq meditsinasida terining rangi tananing holatidan dalolat beradi, deb hisoblashadi. Chunki aksariyat kasalliklar to‘qimada qon aylanishining buzilishidan kelib chiqadi. Qon aylanishining buzilishi esa terida rang o‘zgarishlarini chaqiradi. Sog‘lom teri biroz och-pushti rangda bo‘lishi kerak. Bu rangning o‘zgarishi organizmdagi o‘zgarishlardan darak beradi:
👉 Terining binafsha rangda bo‘lishi, qo‘l va oyoqlarning sovuq, nafasning judayam yoqimsiz hidli bo‘lishi — yurak kasalliklaridan xabar beradi.
👉 Yuz terisining sarg‘ayishi esa— oshqozon-ichak, jigar, o‘t kasalliklaridan xabar beradi.
👉 Ko‘z ostidagi terining qorayishi — buyrak yetishmovchiligi yoki kamqonlikni ko‘rsatadi.
👉 Yuz terisining notabiiy oq rangda bo‘lishi bu anemiyaning yaqqol namunasidir.
👉 Terining maysaga o‘xshash yashil rangi — jigarda jiddiy buzilish borligini ko‘rsatadi.
👉 Rangning aniq chegarali ko‘rinishi yengil kasalliklarni, noaniq va chegarasiz bo‘lishi surunkali va og‘irroq kasalliklarni anglatadi. (davomi bor)
Albatta bu tashxis biroz nisbiy lekin sog‘liq haqida qayg‘urishga, vrachga o‘z vaqtida ko‘rinish uchun yetarli.

Оставьте комментарий