Ko’z nurini tiklash — usullari

DO`STLARGA ULASHING:

Ko’z nurini tiklash — usullari, mashqlar, ko’rishni yaxshilash uchun xalqona vositalar
Inson ko’rish orqali tashqi muhit haqidagi ma’lumotlarning 90% ni qabul qiladi. Ko’z nurini tiklash va yaxshilash usullarini bilish orqali nafaqat miopiya yoki gipermetropiyani davolash, balki ko’rish qobiliyatini ancha yaxshiroq qilish mumkin.
Misol uchun, uy sharoitida bajariladigan mashqlar yordamida, teleskopik ko’rish — oddiy odamlar ko’ra olmaydigan masofadagi jismlarni aniqroq ko’rish qobiliyatini rivojlantirish mumkin. Bu qobiliyatni Indeyslar bolalikdan shug’ullantirishadi. Natijada ular ufqda bazo’r ko’rinadigan nuqtada qabila vakilini osongina tanib olishgan. Bu qobiliyat shuningdek, dengizchilar, uchuvchilar va ovchilarda ham bor.
Mikroskopik ko’rish qobiliyati guruch urug’i kesimiga uzun matnlarni yozish imkonini beradi.

 

Miopiya va gipermetropiya sabablari
Miopiya nima?
Ma’lum bo’lganidek, miopiyada (uzoqni yaxshi ko’ra olmaslikda) yorug’lik nurlari to’r pardaning old tomoniga fokuslanadi:
  • Ko’rishning bu turdagi buzilishi sabablaridan biri — ko’z olmasining oldinga va bosh miya tomon cho’zilishi, bu tufayli qaralganda faqat yaqindagi jismlar aniq ko’rinadi. Ushbu hodisa o’qli miopiya deb ataladi.
  • Miopiyaning boshqa sababi — ostida ko’z gavhari joylashgan shox pardada nurlarning ortiqcha sinishi. Ushbu shakl refraktsion miopiya deb ataladi.
Oq’li shaklda to’r parda cho’zilgan bo’ladi. Miopiya darajasi qanchalik baland bo’lsa, to’r pardaning ko’chishi ehtimoli shunchalik baland bo’ladi. Bunday holda ko’zning shaklini tiklash, shuningdek, ko’zlar uchun muntazam mashqlar yordamida miopiya sababini bartaraf etish kerak.
Miopiyaning sabablari
Oftalmologlar masofadagi jismlarni xira ko’rishning bir qator sabablarni keltirib o’tadi:
  • Irsiyat. Ko’z olmasining jismoniy parametrlari va gavharining nurlarni sindirishi xususiyatlari nasldan naslga o’tadi.
  • Bolaning turli masofalarda joylashgan ob’yektlarni aniq ko’rish qobiliyatining dastlabki zaifligi. Natijada, ko’z uzunlashdi va bir necha yil o’tgach, ko’z nurini yaxshilash uchun u yoki bu yo’lni izlash kerak bo’ladi.
  • Optimal ishlash va dam olish sharoitlariga rioya qilmaslik natijasida kelib chiqadigan turli xil ko’z zo’riqishlari. Masalan, ortiqcha ishlash oqibatida.
  • Bir yoshgacha bo’lgan bolalar uzoqni ko’ruvchi bo’ladi va bir metrdan yaqinroq joylashgan jismlarni aniq ko’ra olmaydi. Beshikka va krovatiga osilgan yorqin rangli shaqildoq o’yinchoqlar — ko’z nuri pasayishining keng tarqalgan sababidir. O’yinchoqlar bolaning ko’rish maydonini to’sib qo’yadi, shu sababli bola uni doim olib tashlashga urinadi. Ota-onalarga esa u o’ynayotgandek tuyuladi.
Gipermetropiya nima?
Gipermetropiyani davolash zarurati yaqinda joylashgan ob’yektlarni aniq ko’rish qobiliyatining yo’qolishida yuzaga keladi. Birinchi ko’zoynak taquvchilar uzoqni ko’ra olmaydigan kishilar bo’lgan. Aynan ular uchun birinchi ko’zoynak tayyorlangan, shunda ular kitoblarni qulay o’qishlari mumkin edi. Miopiyadan aziyat chekuvchilar uchun ko’zoynaklar ancha kechroq paydo bo’lgan.
Gipermetropiyada yorug’lik nurlari to’r pardaning ortida fokuslanadi. Bu ko’z olmasining qisqarishi yoki yorug’lik nurlarini to’r pardaga to’play olmaydigan optik tizim zaifligi natijasi bo’lishi mumkin.
Gipermetropiya sabablari
Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, bir yoshgacha bo’lgan bolalar gipermetropiyaga ega bo’lib, ularda +3 dioptriya bo’ladi. Ko’z olmasining kattalashishi bilan bu anomaliya yo’qoladi.
Gipermetropiyaga tashxis qo’yish uchun chuqurlashtirilgan diagnostik tekshiruvlar o’tkazish, jumladan, ko’z qorachig’ini medikamentoz kengaytirishga to’g’ri keladi.
Uzoqni ko’radiganlar, ayniqsa gipermetropiyaning keyingi darajalarida, nafaqat yaqin, balki uzoqdagi ob’yektlarni ham kam yaxshi ko’ra olishmaydi. Ruhiyatning doimiy zo’riqishi tez charchash, bosh og’rig’i, bosh aylanishiga olib keladi. Bolaning o’zlashtirishi yomonlashishi mumkin, chunki u maktab fanlariga diqqatni jalb qilishga qiynaladi, injiqlik va uyqu bilan muammolar yuzaga keladi. Gipermetropiya shuningdek g’ilaylikka ham olib kelishi mumkin.
G’ilaylik rivojlanishi xavfi mavjudligi tufayli kichik bolalarga orqasidan, boshi uzra yaqinlashish taqiqlanadi. Bola tezda yuqoriga qarashi va kutilmaganlikdan qo’rqib ketishi mumkin, bu esa mushaklarning spazmiga olib keladi.
Ko’rish qobiliyatini yaxshilash: to’g’ri odatlarga amal qilish
Ko’z nurini tiklash maqsadida u yoki bu usulni izlashga to’g’ri kelmasligi uchun, ko’z nuri yomonlashishini o’z vaqtida oldini olish kerak:
  • Ko’rishni yaxshilashning eng aniq va mashhur choralardan biri — ish vaqtida mahalliy yorug’lik yetarli bo’lishini ta’minlashdir. Yorug’lik yetishmasligi tezda vizual charchashga olib keladi, natijada ko’rish qobiliyati pasaya boshlaydi.
  • Yorug’lik ortqichaligi uning yetishmasligi kabi bir xil zarar. Stol lampasidagi yorug’lik ko’z qorachig’iga tushmasligi kerak. Bundan tashqari, quyosh nurlari ostida kitob o’qish tavsiya etilmaydi — ravshan oq qog’oz ko’zning zo’riqishiga olib keladi.
  • Miyaning ensa qismida joylashgan ko’rish bo’limi yetarli miqdorda kislorod bilan ta’minlanishi kerak. Agar bosh uzoq vaqt davomida stol yuzasiga egilib tursa, qon ta’minoti yomonlashadi. Darslarni tayyorlash davomida bolalarda ko’rish yomonlashishining oldini olish uchun, ustki yuzasi biroz qiya bo’lgan va yerga parallel bo’lmagan stol-parta tanlash afzaldir.
  • Ajoyib profilaktika — stolda o’tirib, kitob sahifasining tekisligini yuzga qat’iy tekis perpendikulyar qilib o’rnatish. Buning uchun kitob yoki darslikni maxsus o’rnatgich yordamida o’qish qulay. Bosh va orqa bir chiziqda bo’ladi, bu shuningdek miyani qon bilan yaxshi ta’minlanishiga yordam beradi.
Uy sharoitida ko’z nurini qanday qilib tiklash mumkin
Turli masofalardagi ob’yektlarni zaif ko’rishning asosi — u yoki bu vizual zo’riqish. Qo’shimcha zo’riqish ko’zning kuchini yaxshilashga xalaqit beradi. Shuning uchun uyda ko’z nurini tiklashni zo’riqishni bartaraf etishdan boshlash kerak. Bu chora ruhiyatni faoliyatga tayyor bo’shashgan holatga keltiradi.
Palming qanday amalga oshiriladi?
Ko’z zo’riqishini yengillashtiradigan eng oddiy va eng samarali mashqlar Amerikalik oftalmolog doktor Beyts tomonidan o’ylab topilgan. U palming deb ataladi, uni uyda yoki ishda bajarish qiyin emas, bu orqali ko’z nurini o’tkirlashtirishga erishish mumkin:
  • Tirsaklarni stolga qo’yib, o’tirish kerak. Qulaylik uchun, tirsaklar ostiga bir necha marta qatlangan junli mato yoki kichik yostiqcha qo’yish mumkin. Ensa, bo’yin va orqa bitta to’g’ri chiziqda bo’lishi kerak, shunda miya qon bilan optimal ta’minlanadi.
  • Ko’z nurini tiklashni qo’llarni yengil silkitishdan boshlash yaxshi. Hech kimga sir emaski, ruhiyat tarang bo’lsa, barmoqlar mushtga yig’iladi, bilaklar esa taranglashadi. Qo’llarni silkitish teskari ta’sir beradi: ruhiyat qo’llar bo’shashgan bo’lsa, u ham bo’shashishi mumkinligi haqida signal oladi.
  • Kaftlar issiqroq bo’lishi uchun ularni bir-biriga ishqalash foydali, bunda ular kuch va energiyaga to’layotganini tasavvur qilish tavsiya etiladi.
  • Qo’llaringizni hovuch kabi qilib, ularni yumilgan ko’zlaringizga qo’ying, bunda jimjimaloqlar asosi burun va peshona tutashgan joyda birlashishi kerak, huddi ko’zoynak tutashtirgichi kabi. Kaftning asosi esa yonoqlarda bo’ladi. Qo’l bilan kuchli bosishga hojat yo’q, bunda ko’zni ochib-yumish imkoni bo’lishi kerak. Shu bilan birga, kaft va yuz aloqa qiladigan joylardan yorug’lik o’tmasligi lozim. Bilaklar bunda bo’shashgan holatda saqlanadi.
  • Ko’zlarni yumib, yoqimli narsalar haqida o’ylash kerak. Xotiralar juda turlicha bo’lishi mumkin. Asosiy talab — ular yaxshi va kishiga orom bag’ishlashi kerak. Uy sharoitida ko’rishni takomillashtirish ruhiyatning bo’shashishidan kelib chiqadi.
  • Ko’rish uchun mashq to’g’ri bajarilayotganini tekshirish uchun, xotiralarni yodga olish vaqtida vaqti-vaqti bilan rangga e’tiborni qaratish lozim. Agar ruhiyat butunlay bo’shashsa, rang qora bo’ladi. Aks holda, yoqimli xotiralarni eslashni davom ettirish kerak.
Palming charchoq yoki zo’riqish sezilishining birinchi belgilarida va o’zingiz xohlaganingizcha bajarilishi mumkin. Palming ko’z nurini tiklovchi deyarli har qanday usulda foydalaniladi, chunki aniq va ravshan ko’rish faqat turli xil ko’z mushaklarining muvofiqlashtirilgan faoliyati natijasi emas, balki ixtiyor bilan boshqarilmaydigan ruhiy jarayon hamdir.
Shunday qilib, uy sharoitida ko’rishni yaxshilash uchun, ko’zning ishlariga ruhiyat orqali ta’sir qilishni o’rganish kerak. Agar ko’z mushaklari zo’riqqan bo’lsa, bo’shashishga erishish qiyin. Palming bu to’siqni yengib o’tishga yordam beradi.
Bundan tashqari, kaftlarni to’g’ri ishlashi ham ko’z nurini tezda tiklashning samarali usuli hisoblanadi. Kichik darajadagi miopiyalarda uyda yoki ishda bunday bo’shashish usuli natijalari hatto bir haftada sezilishi mumkin.
Ko’zoynaklar ko’zlarini kuchli ravishda harakatsizlantirishi sir emas. Ko’zoynak linzalari orqali eng aniq tasvirni olish uchun, uning optik markazidan qarash kerak. Chap yoki o’ng tomondagi narsalarni aniq ravshanlik darajasida ko’rish uchun siz ko’z mushaklarini emas, balki boshingizni burishingiz kerak bo’ladi. Vaqt o’tishi bilan ko’z mushaklari zaiflashib boraveradi.
Ko’rish o’tkirligini tiklash: ko’z mushaklari uchun mashqlar
Zaiflashgan ko’z mushaklarining kuchini tiklash va aniq ko’rish qobiliyatini yaxshilash uchun har kuni oddiy mashqlar bajarish kerak:
  • Maksimal amplituda bilan chap va o’ng tomonga qarash.
  • Maksimal amplituda bilan yuqori va pastga qarash.
  • Ko’zlarni aylana bo’yicha harakatlantirish, bunda ko’zlar bilan imkon qadar keng aylana «chizish» kerak. Yo’nalishi navbati bilan soat millari bo’yicha va soat millariga qarshi bo’lishi kerak.
  • Bir necha marta ko’zingizni qattiq yuming, so’ngra keng qilib oching.
  • Diagonal harakatlar. Yuqori chap burchakka qaray boshlang va nigohni quyi o’ng burchakkacha tushiring. Boshlang’ich holatga qaytaring. Ko’zlarni ochib-yuming. Yuqori o’ng burchakka qarang, nigohni chap pastki burchakka qarata tushiring. Ko’zlarni ochib-yuming. Boshlang’ich holatga qaytaring.
  • Ikkita ko’zni ham burun va peshona tutashgan joyga qaratishga harakat qiling. Agar bosh aylanishi belgilari mavjud bo’lsa, mashqlar intensivligini kamaytirish yoki mashqni o’tkazib yuborish kerak.
  • Bir daqiqa davomida ko’zni ochib-yuming. Bunday holda, ko’z qovoqlari yengil tabiiy harakatlar bajarishi lozim, hech qanday qo’shimcha kuch ishlatish kerak emas.
  • Oynaga qora rangli qog’ozli doiracha yopishtiring. Oyna yoniga borib, birinchi bo’lib qora qog’ozchaga qarang. Keyin derazadan tashqaridagi biron 6-8 metr uzoqlikda joylashgan ob’yektlarga. So’ng nigohni yana qog’ozchaga qaytaring. Bir necha marta takrorlang.
  • O’n daqiqa palming qiling.
Bu mashqlar ko’z nurini tiklashga yordam beradi. Asosiy qoida — ularni amalga oshirishning muntazamligi va to’g’riligi.
Ko’zlar tez-tez charchasa, qanday qilib ko’rishni yaxshilash mumkin
Ishda va uyda ko’zdan foydalanish shartlarini yaxshilaydigan oddiy mashqlar bajarish kerak. Ular, shuningdek, ko’z charchasini oldini olishda va ko’rishni yanada ravshanroq bo’lishiga yordam beradi:
  • Chuqur nafas oling, ko’zlarni qattiq yuming. Keyin bo’yin va yuzingizni kuchantiring. Nafasingizni 3-5 soniya ushlab turing. Nafasni chiqarib, ko’zlarni katta oching. 5-7 marta takrorlang.
  • Ko’zni yumib, barmoq bolishchalari bilan qosh yoyi bo’ylab yengil massaj qiling. Shunindek pastki qovoqlar ostida ham, shu yo’nalish bo’yicha.
  • Ko’zlarni yumib, avval soat millari bo’yicha bir necha aylanali harakatlarni amalga oshiring, so’ngra soat millariga teskari yo’nalishda.
  • O’n daqiqa palming qiling.
Ko’z nurini xalqona vositalar yordamida yaxshilash
Ko’rishni xalqona vositalar yordamida tiklash va yaxshilash uchun to’r pardaga yetarli qon borishini ta’minlash kerak. Tabiiyki, chernika iste’mol qilib ko’rish qobiliyatini butunlay tiklab bo’lmaydi. Lekin ijobiy natija biroz bo’lsada bo’ladi. Har kuni muzdan eritilgan brusnika yoki chernika yeyish foydali, mavsumida esa — yangi uzilganini. Shuningdek A, B, C vitaminlari ham ko’z nurini tiklashga yordam beradi, ular ham bolalar, ham kattalar uchun kerak.
Sabzida A vitamini va beta-karotin ko’p. Ko’rishni ravshan bo’lishiga yordam berish uchun, A vitaminini o’z ichiga olgan oziq-ovqat va turli xalqona vositalarni yog’ bilan iste’mol qilish kerak, chunki bu vitamin yog’da eriydi. Masalan, sabzidan tayyorlangan salatlarga zaytun yoki qovoq moyini qo’shish foydalidir.
To’r pardada katta miqdorda rux mikroelementi mavjud. Shuning uchun, ushbu mikroelementni o’z ichiga olgan mahsulotlar bilan ko’rishni yaxshilash mumkin. Organizmdangi rux zahiralarini shirin bulg’or qalampiri, qovoq urug’i va yangi siqilgan lavlagi sharbati qayta tiklaydi. Sharbatni ichishdan oldin, uni ikki soat tindirgan yaxshiroq. Yarmini suv bilan suyultirib ichish tavsiya etiladi.

15 комментариев к “Ko’z nurini tiklash — usullari”

  1. Уведомление: sitemap

  2. Уведомление: dumps with pin shop 2021

  3. Уведомление: percocet fass

  4. Уведомление: สล็อตวอเลท ไม่มีขั้นต่ำ

  5. Уведомление: sbobet

  6. Уведомление: เงินด่วนออนไลน์ โอนเข้าบัญชี

  7. Уведомление: price of mushrooms online jobs

  8. Уведомление: discover this info here

  9. Уведомление: do golden teacher mushrooms need light,

  10. Уведомление: Lyophilized Goldmember Magic Mushrooms

  11. Уведомление: NKSFB Bolno

  12. Уведомление: สมัคร lsm99

  13. Уведомление: additional resources

  14. Уведомление: buy sildenafile online

  15. Уведомление: วิเคราะห์บอลวันนี้

Комментарии закрыты.