O’zbekistonda ishlab chiqarilgan dorilar

DO`STLARGA ULASHING:

Nega ko’pchilik bemorlar O’zbekistonda ishlab chiqarilgan dorilarni harid qilgisi kelmaydi
???
Bunga ko’pincha ayrim shifokorlar ham sababchi bo’lib qolishadi:

Bemorga aynan chet davlatda ishlab chiqarilgan tan narxi anchagina qimmat bo»lgan dorini yozib berishadi. «Shundan boshqa firmada ishlab chiqarilgan dori ta’sir qilmaydi»- shu fikrlar bemorga ta’kidlab o’tiladi. Tabiiyki bemor dorixona xodimiga emas shifokorga ishonadi. Bu yerda boshqa gap bor. Bunday fikrlarni bemorga ta’kidlab o’tgan shifokorga tan narxi qimmat bo’lgan dori ishlab chiqaruvchilari tomonidan yaxshigina pul to»lanadi.
Tabiiyki bemorning ongiga O’ZB ning ishlab chiqargan dorilari yaxshi ta’sir qilmaydi degan fikr o’rnashadi.
Keyinchalik bu fikr odamlar orasida tarqaladi . Natijada milliy mahsulotga nisbatan talab kamayadi. Bu albatta iqtisodiyotga ta’sir qilmay qolmaydi.
???
Ikkinchidan bu fikrlar orqali ko’pchilik bemorlar psixologiyasida shu fikrga ishonch paydo bo»ladi. Natijada o’zini ishontirib qo’ygan bemor O’ZB dori firmasidan ishlab chiqarilgan dorini qabul qilganda ta’sir qilish kuchi pasayadi. Ya’ni bu bilan nima demoqchiman: Inson psixologiyasi ko’p narsaga qodir.

Qarabsizki ko’pchilik aholi chet el firmalari tomonidan ishlab chiqarilgan tan narxi qimmat dorilarni xarid qilishga o’z o’zini o’rgatib qo’yadi.
???
Milliy maxsulot milliy g’urur. Qachon biz o’zimizning mahsulotlarimizni o’zimiz xarid qilishni boshlasak iqtisodiyot anchagina rivojlanadi.

Оставьте комментарий