O’zbekistonda transport vositalarni sug’urtalash qanchaga tushadi?

DO`STLARGA ULASHING:

O’zbekistonda transport vositalarni sug’urtalash qanchaga tushadi?

O’zbekistonda transport vositalarni majburiy sug’urtalashdan tashqari, KASKO degan ixtiyoriy sug’urta turi ham bor.

Majburiy sug’urta — ommaviy hisoblanib, hamma uchun majburiydir va bunday sug’urtasiz avtomobilni boshqarish mumkin emas. Transport vositalari uchun majburiy sug’urta narxlari: (http://agros.uz/insurance/2)

— yengil avtomobillarga Toshkent shahri va Toshkent viloyati uchun:
— cheklangan — 56 000 so’m;
— cheklanmagan (universal) — 168 000 so’m;

Qoraqalpog’iston Respublikasi va boshqa viloyatlar uchun:
— cheklangan — 40 000 so’m;
— cheklanmagan — 120 000 so’m.

— yuk avtomobillari, avtobus va mikroavtobuslarga Toshkent shahri va Toshkent viloyati uchun:
— cheklangan — 67 200 so’m;
— cheklanmagan — 201 600 so’m;

Qoraqalpog’iston Respublikasi va boshqa viloyatlar uchun:
— cheklangan — 48 000 so’m;
— cheklanmagan — 144 000 so’m.

Majburiy sug’urta kompaniyasi, qandaydir hodisa yuz bersa zararni 40 mln so’m doirasida qoplab beradi.

KASKO sug’urtasi — bu transport vositalari uchun ixtiyoriy sug’urta bo’lib, sug’urta puli avtomobil narxining 1,5 foizifa tengdir. Misol uchun, salondan endi chiqqan ayirim yangi avtomobillarning KASKO sug’urta narxlari bilan tanishing:
— Spark — 1 mln 102 ming so’m;
— Nexia 3 — 1 mln 310 ming so’m;
— Cobalt — 1 mln 436 ming so’m;
— Gentra — 1 mln 717 ming so’m;
— Malibu 2 — 4 mlm 175 ming so’m.

KASKO sug’urtasi, agar qandaydir baxtsiz hodisa ro’y bersa, barcha harajatlar qoplanishini ta’minlaydi.

@NarxiQancha (https://telegra.ph/file/4a1ac2abc95b9943f2d00.jpg)| Manba (https://www.instagram.com/p/CIVjjCrJAGt/?igshid=1m6lab9noe36h)

Оставьте комментарий