PЕDAGOGLARGA QANDAY HOLLARDA MODDIY YORDAM KO‘RSATILADI.

DO`STLARGA ULASHING:

PЕDAGOGLARGA QANDAY HOLLARDA MODDIY YORDAM KO‘RSATILADI.

⚡️SAVOL;
Qanday hollarda maktab o‘qituvchilariga moddiy yordam ko‘rsatiladi.

⚡️JAVOB;
Vazirlar Mahkamasining 30.09.2019 yil kungi 823-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 33-bandiga asosan, umumta’lim muassasalari xodimlariga moddiy yordam ularning murojaatiga ko‘ra yoki umumta’lim muassasasi kasaba uyushmasi tashkilotining tashabbusi bilan:

🟢 1) Favqulodda hollarda, ya’ni yaqin qarindoshi (otasi, onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandi) vafot etganda,

🟢 2) Xodim va uning yaqin qarindoshi (otasi, onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandi) og‘ir jarohat olganda,

🟢 3) Xodim va uning yaqin qarindoshi og‘ir kasallikka chalinganda,

🟢 4) Xodim tabiiy ofatdan zarar ko‘rganda ko‘rsatiladi.

Оставьте комментарий