Ertakli topishmoqlar

Huroyimning so‘rog‘iga javob Sultonxon degan podsho umrining oxirida Huroyim degan qizga uylanmoqchi bo‘ladi. Sultonxon Huroyimga sovchi yuboribdi. Huroyim qalinimga: O’nta uloq, Yigirmata bo‘ri, O’ttizta yo‘lbars, Qirqta tulki, Ellikta no‘xta, Oltmishta axta, Yetmishta sarg‘aldoq, Saksonta chaqaloq, To‘qsonta tumaloq, Yuzta jumaloq bersin va shu so‘zimning ma’nosini ayirib bersin debdi. Podsho fikr qilib, Huroyimning aqlli ekanligini aytadi. Bu […]

Ertakli topishmoqlar Читать дальше »

Har xil topishmoqlar

Dunyoda to‘rt narsa yo‘q. (Ko‘rpaning yengi, Chumchuqnipg suti, Hovuzning qopqog‘i, Toshning tomiri yo‘q) Tog‘da turar, Bog‘da bo‘lar, Suvda suzar, Kulda kular. (Kaklik, bulbul, baliq, bodroq) Tog‘ni talaydi, Elni elaydi, Jarni jalaydi, Suvni suvlaydi. (Jala, shamol, kaltakesak, ilon) Ikki boshli, to‘rt oyoqli, Ikki oyoqli, to‘rt quloqli, Orqasida bir dumi bor. (Ot, otga mingan odam) Chiroq tubi

Har xil topishmoqlar Читать дальше »

Kema va qurol-yaroqlar haqida topishmoqlar

Daryo Daryo ustida bo‘yra. (Qayiq) Yursa izi bilinmas. (Qayiq) Bir eshagim bor hangi, To‘qimlari yangi, O’t yemaydi, suv ichmaydi. (Qayiq, kema) Top-top, top-top otim, Tuyoqlari yalpoq otim. Odam ko‘rsa kishnamas, Yerdan bir cho‘p tishlamas. (Qayiq, kema) Izlasang izi yo‘q, So‘ysang, qoni yo‘q. (Qayiq) Bolta urdim, Badaxshon ketdi. (Miltiq o‘qi) Oq kuchugim ang etdi, Tovushi Qo‘qonga

Kema va qurol-yaroqlar haqida topishmoqlar Читать дальше »

Ot asboblari va yo‘l haqida topishmoqlar

Otdan baland, Itdan past. (Egar) Bo‘yi past, Otdan tushmas, Piyoda yurmas. (Egar) Uzun edim kesdilar, Yo‘g‘on edim yo‘ndilar, Ishga loyiq qildilar. (Egar) Tom ustida sandiq. (Egar) Tepdim, Terakka chiqdim. (Otga    minish) Tap-tap etib tomga chiqdim. (Otga minish) Tepdim teshik, Mindim beshik, Oldim ajriq, Keynim to‘qay. (Uzangi, egar, ot yeli, dumi) To‘rt oy, yigirma to‘rt yulduzni

Ot asboblari va yo‘l haqida topishmoqlar Читать дальше »

Cholg‘u asboblari haqida topishmoqlar

Uzun terak yiqildi, Uchi mening qo‘limda. Zag‘izg‘oni sayraydi, Sochi mening qo‘limda. (Tanbur) Uch ayg‘ir, haydadim tekis yo‘lga, Uchoviga o‘n odam xizmat qilar zo‘rg‘a-zo‘rg‘a. (Dutor) Bogda bulbul sayraydi, Egalari so‘zlaydi. (Dutor) Tomda turib gilam qoqdim. (Nog‘ora) Hasan dorozi bir bukur, Hovliga soladi zikir. Har mo‘ridan tutun chiqsa, Bachchalar tapir-tupur. (Karnay) Tomda turib gilam qoqdim, Changi jahonga

Cholg‘u asboblari haqida topishmoqlar Читать дальше »

Kitob va yozuv haqida topishmoqlar

Daraxt emas, yaproqli, Ko‘ylak emas, etakli, Odam emas so‘zlaydi, Turli kuylar kuylaydi. (Kitob) Ustida qopqoq, Tagida qopqoq, Ichinda yaproq. (Kitob) Tilsiz, aql o‘rgatar. (Kitob) Bodomcha bodomcha bilan, Yetti kalit tom bilan. Ne ko‘zi bor, ne og‘zi bor, So‘ylashadi odam bilan. (Kitob) Oq yer ochdim, Qora bug‘doy sochdim. (Qog‘oz, yozuv) Qo‘l bilan ekilar, Og‘iz bilan yig‘ilar.

Kitob va yozuv haqida topishmoqlar Читать дальше »

Kiyim-kechak, bezak va tikuvchilik asboblari haqida topishmoqlar

Otdim, osmonga chiqdi. (Do‘ppi) Bosh ustida chambarak, Chambarakda kapalak. (Do‘ppi) O’zi bitta, Tuxumi to‘rtta, Bolasi o‘n oltita. (Do‘ppi) Boshingdagi boshpana, Qish-qirovda gulxona. (Telpak) Kunduzi himoya qiladi, Kechasi qoziqda turadi. (Kiyim) Qora botir qaltiroq, Sag‘irlari yaltiroq. (Qora atlas) Top, topishmoq, Tanga yopishmoq. (Ko‘ylak) Erta turdi, Ikki ayri yo‘lga tushdi. (Shim) Mushtum yerga tushdi. (Cho‘ntak) Ho‘kizni mindim,

Kiyim-kechak, bezak va tikuvchilik asboblari haqida topishmoqlar Читать дальше »

Olov, tutun, chiroq haqida topishmoqlar

Bir savat anor, Hadding bo‘lsa ol. (Cho‘g‘) Bir tovoq qizil olma, Ushlamoqqa hadding borma. (Cho‘g‘) Yalt-yalt etadi, Yamlab ketadi. (O’t-olov) Changaroqdan uchib chiqadi, Qarasa, ko‘zni ko‘r qiladi. (Uchqun) Ko‘k ho‘kiz oldin chiqar, Qizil ho‘kiz quvib chiqar. (Tutun, olov) Ko‘k otim qo‘yivordim, Qizil otim olib qoldim. (Tutun, olov) Taq etdi, taqolon ketdi, Otasi etigini kiyguncha Bolasi

Olov, tutun, chiroq haqida topishmoqlar Читать дальше »

Uy-joy va unga tegishli jihozlar haqida topishmoqlar

Opon-oponni ko‘rdim, Eski choponni ko‘rdim. Qobirg‘asi qalashgan, Odam yutganni ko‘rdim. (Qora uy) Qobirg‘asi tarim-tarim, Asli uning joni yo‘q. Terisini siyirib olsam, Yerga tomar qoni yo‘q. (Qora uy) Hachcha, Dachchaning ustida bachcha. Bachchaning ustida qalpoq, Qalpoqning ustida telpak. (Qora uy) Bir tepada olti qo‘chqorning shoxi almashib yotir, — Yetti qo‘chqorning shoxi yalmashib yotir. (Qora uy) Qirq

Uy-joy va unga tegishli jihozlar haqida topishmoqlar Читать дальше »