Xayr birinchi ustozim tadbir senariysi

DO`STLARGA ULASHING:

Tadbir maktab sahnasida o’tkaziladi.Unda 4-sinf o’quvchilari,ularning o’qituvchisi va boshlovchilar ishtirok etadilar.
Maktab sahnasi o’ziga xos bayramona usulda har xil sharlar,chiroyli gullar bilan bezatiladi.
Sahnaga karnay-surnay sadolari ostida ikki jarchi bola chiqadi.
1-jarchi:Odamlaru odamlar,
Bog’da bitgan bodomlar.
Eshitmadim demanglar,
Eshitganlar,jilmanglar.
2-jarchi:Bugun maktabimizning 4-sinf o’quvchilarining bitiruv kechasi bo’ladi..
1-jarchi:Hamma bitiruv kechasiga taklif etiladi.
2-jarchi:Odamlaru-odamlar bitiruv kechasiga shoshiling.
Sahnaga ikkita boshlovchi kirib keladi.
1-boshlovchi:Assalomu alaykum, aziz ustozlar,qadrli o’quvchilar!
Nargiza:Assalomu alaykum, mehribon ota-onalar, sevimli buva va buvijonlar!
Dilshod:Mana bugun 4-sinf o’quvchilari boshlang’ich ta’limni tugatdilar. Bugun ular uchun katta bayram, katta tantana.
Nargiza:Ijozatingiz bilan hozir davramizga tantanamiz sababchilari bo’lgan o’g’il-qizlarni taklif qilsak.
Dilshod:Mustaqil yurt o’g’il-qizlari,
Yuzi qirmiz, shirin so’zlari,
Aqli raso bilimga tashna,
Kulib turar charos ko’zlari.
Nargiza:Davramizning guli o’zingiz,
Sayroqi, sho’x bulbul so’zingiz,
Charaqlagan oysiz, ham quyosh,
Olqishlaydi sizni keksa-yosh.
Mehrinoz:O’rtoqjon maktabga ilk bora kelgan kunimizni eslaysizmi?
Shahrinoz:Bo’lmasamchi,o’shanda judayam kichkina edik.Sinfga ham bizni aka-opalarimiz qo’llarimizdan yetaklab olib kirishgan edi.
-Ha,mana,hash-pash deguncha oradan 4 yil ham o’tib ketibdi.Bugun biz boshlang’ich ta’lim bitiruvchilarimiz.
Shahrinoz:-Bo’lganmi bizning davrdek hech qachon davronlar,
Istiqlolim berdi bizga ilm uchun imkonlar.
Ma’naviyat ma’rifatni ardoqlovchi xush onlar,
Xush kelibsiz, ey aziz, o’qituvchiyu mehmonlar!
Sahnaga o’zga sayyoralik kirib keladi va
-Men yupiter!Men yupiter!Meni eshityapsizmi?Kemaning quvvat olish tizimi ishlamay qoldi.O’zga bir notanish sayyoraga qo’nishga majburman.(Kemadan ikki kishi tushib keladi.Ular atrofga hayronboqadilar.)
1-mehmon:Bu qanday sayyora Ne mo’jiza Tilsimlar?
Nomi qanday atalar. Unda yashaydi kimlar?
O’quvchi:Bu sayyora nomi yer  Quchog’I jannatmakon.
Ta’rifiga so’z ojiz   Yurtimiz O’zbekiston.
Vatanimiz- Mustaqil O’zbekiston.
Viloyatimiz- Buxoro.
Tumanimiz- Romitan.
Maktabimiz – 1-sonli maktab.
Davlatimiz ramzlari – tamg’a, bayroq, madhiya.
Tilagimiz – tinchlik, obodlik.
Rizq- ro’zimiz – non.
Milliy boyligimiz – paxta, bug’doy, sholi.
Istagimiz – ilmu odob o’rganish.
Maqsadimiz- Barkamol inson bo’lib, vatanga xizmat qilish.
2-mehmon:Ofarin,ofarin! Bo’ling sog’-omon
Xalqingiz baxtiyor,el-yurt farovon.
O’quvchi:Xush kelibsiz do’stlar sayyoramizga
Mehmon bo’ling,o’zbek diyorimizga
1-mehmon:Bu ne shodiyona,qanday tantana
Ko’zlar kular,yangrar qo’shiq tarona
O’quvchi:Yurtimizda bayramlar ko’p, to’ylar  ko’p
Yaxshi niyat,orzu-havas,o’ylar ko’p
Har bir dami,misli oltin bebaho
Bitiruv kechamizga qani marhabo.
2-mehmon:Bitiruv kechasi qanday ajoyib
Etibdi bizga ham bu shodlik nasib
Chin dildan sherikmiz quvonchingizga,
Mehmondo’stlik ekan sizga munosib.
Dilshod:- Bolalar Vatan deganda nimani tushunasiz?
(O’quvchilar birin-ketin javob beradilar).
Doniyor:Vatan bu – tug’ilgan makonim.
Mohira:Vatan bu – sizu bizga dahldor zamin.
Marjona:Vatan bu -muqaddas beshigim.
Maftuna:Vatan bu- ostonayu eshigim.
Feruza:Vatan bu- onamning tunlar bedor aytgan allasi.
Otabek:Vatan bu- padarimning qilgan duosi.
Mirzohid:Vatan har bir insonning,
Tug’ilgan diyoridir.
Kindik qoni to’kilgan,
Muqaddas tuprog’idir.
Vatan so’zi muqaddas,
Vatan o’zi muqaddas.
Vatanga xizmat qilmoq,
Bizlar uchun qarzu farz.
Hamma:Senga fido bo’lsin jon- tanim,
O’zbekiston, mening Vatanim.
Behzod:Onajonim issiq bag’ri Vatanligin bilaman.
Otam mehri, qaynoq tafti Vatanligin bilaman
O’z bag’rida ulug’lagan beshik menga Vatandir
Shu yurtning ostonasi ,beshak ,menga Vatandir
Xurshid:Ilk bor dunyo tanitgan maktabim-menga Vatan
Doim hamjiat –hamkor-mahallam-menga Vatan
Jannatlarga alishmam ,qishlog’im ul chamandir
Nozi ne’matlarga kon O’zbekiston-Vatandir
Bonu:Shu yurtning muqaddas gul tuprog’ida
Ne-ne azizlarning qadami tekkan.
Buyuk bobolarning buyuk ishlari
Tarifi Mag’ribdan Mashriqqa ketgan.
Marjona :Tanamdagi yetmish ikki tomirda
To’maris momomning jo’shqin qoni bor
Nodira, Uvaysiy, Zebunisoning
Ruhlari bizlarga doim madadkor.
Mavzuna: Ibn Sino bobom yozgan hidoyat
Barchani ezgulik sari chorlaydi
Vatanni sevgan har bir insonni
Bobomning ruhlari doim qo’llaydi
Ozod:Xalqi uchun istiqlol, ozodligu erk bergan
Yurtning farzandlarini o’z bolasiday sevgan
Buyuk turon ishqida doim yonib yashagan
Vatanparvar bo’lishni Yurtboshimizdan o’rgan
  Bayroq ko’targan bola:Doniyor:Xalqim orzu niyati
Dilga quvonch soladi.
Bayrog’imiz dunyo uzra,
Yurtga dovrug’ soladi.
Tamg’a ko’targan bola: Ne’mat:Tamg’amizda buyuklik,
Aks etgandir biling siz.
Humo qushi yetaklar,
Maqsad sari bilingiz.
(Sho’x musiqa yangraydi,O’gil-qizlar raqsga tushishadi).
 
Shaxboz: Maktab degan qutluq dargoh,
 Muqaddasdir bizga har chog’.
Bilim sari boshlar yo’lga,
Aziz quchoq,tanish yo’lka.
Otabek:Har kun erta tongdan boshlab,
Asta-asta qadam tashlab.
Biz u tomon otlanamiz,
Do’stlar birga shodlanamiz.
Mavzuna: Alifbe va hisob ortda,
Bari qoldi, bari yodda.
Raqam tanish, harflar tanish,
Qo’ldan kelar o’qish,yozish.
Sardor:Xayrlashamiz bukun siz bilan,
Bizlar uchun quvonchli bu dam.
Faqat qalbda g’ashlik bor bir  oz,
O’qitmaysiz endi siz –ustoz.
Ziyodullo:Qalbda mehri bir jahon.
Onamdayin mehribon.
Erkalab kulib olgan
Dilga shodliklar solgan
Hamma:Ustozim sizga ta’zim.
Shahrizoda: To’g’ri yozish, o’qishni
O’zni qanday tutishni
Savod, ilm o’rgatgan
Nurli yo’lni ko’rsatgan.
Hamma:Ustozim sizga ta’zim.
(“Aziz ustozlar” qo’shig’i ijro etiladi ).
Rushana:Salom ustoz, salom muallim,
Bayramingiz bilan qutlaymiz,
Ilm bilan istiqbol yo’lin,
Ko’rsatdingiz, hech unutmaymiz.
Siz emasmu yeti yoshimdan ,
“Alifbe”ni tutgan qo’limga.
Siz emasmu silab boshimni,
Cheksiz shodlik solgan ko’nglimga.
Bugun sizga chin yuragimdan,
Mehrin toshib, tabrik bitaman.
Umrim bo’yi men sadoqat-la,
Vatanimga xizmat etaman.
 
Dilshod:Bizni o’qish yozishni ,hisob-kitobni mukammal odobni o’rganishimizga quyidagi ustozlarimizning o’rni beqiyosdir.
(O’quvchilar ta’lim bergan o’qituvchilariga atab hurmat ila she’r o’qiydilar)
Feruza: Birinchi ustozimizga
Ilk bora partaga sekin o’tqazib
 Jajji qo’llarimga qalam tutqazib.
Menga harf tanitgan qalbi jahonni ,
Unutmayman also sizday insonni
Ulug’bek:Ona tilim, zo’r tilim,
Biz uni qadrlaymiz
O’qish darsi bobolarning
Meroslarin yodlaymiz
Mirzo:Ilmiy bo’lim mudirasiga
Topshiriqning ko’pin bizga yuklardingiz
To’rtinchilar eplaydi, deb aytardingiz.
Ishonchingiz oqlaymiz biz to’qqizgacha,
Umr tilab sizga, ustoz, ming yilgacha.
Shoxrux:Guruhimiz tarbiyachisiga
Tinmas edik berib savol,
Nima to’g’ri, nima halol?
Qalbimizga joylab odob,
Yoritdingiz go’yo oftob.
Ey mehribon, aziz ustoz,
Sizga ta’zim, sizga e’zoz.
Shahzod: Musiqa o’qituvchimizga
Musiqa sehridan bahra olishni,
O’rgatdingiz to’g’ri ijro qilishni
Bukun qoshingizda qilurmiz ta’zim
Qalblarga nur sochgan, aziz muallim.
Mohira :Musiqada qo’shiq kuylab
Ko’ngillarni xushlaymiz
Matematikada misol ishlab
Ongimizni peshlaymiz
Nargiza:Rus  tili o’qituvchimizga
O’rgatdingiz siz qarindoshlar tilini,
Mana chiqdi ancha savodim .
Unutmaymiz zahmatlaringiz,
Bizning tilchi ustoz, muallim.
-Учитель—    Какое прекрасное слово
Звонком для него начинается год
С тобою он в путь отправляется снова
И к знаниям верной дорогой ведет
Ruqiya:Tabiatdan saboq bergan o’qituvchimizga
Rahmat sizga, jonajon ustoz
Tabiatni sevdirdingiz,
 Unga mehr qo’ydirdingiz.
Angladik biz olam sirlarin,
Tog’lar, adirlaru daryo qirlarin
Akmal:Biz tabiat darsida
Sayohatga chiqamiz
Gullar terib, barglardan
Gerbariylar yig’amiz .
Marjona:  Rasm va mehnat o’qituvchimizga
Quyosh ,osmon, zamin, tuproq,
Ranglarin siz tanitgan siz .
Rasm chizsak xatolarin,
Hech og’rinmay o’rgatgansiz
Doniyor: Sport bilan shug’ullansak
Tanamiz chiniqadi
Fikrimizu ongimiz
Yanada tiniqadi.
Maftuna:Ma’naviat darslarin
Saboqlarin tinglaymiz
Hamma: Ustozimiz darsida zerikishni bilmaymiz
Muhammad:Maktabimiz Direktoriga
Mehringiz jo’shqin daryo
Qalbingiz cheksiz dunyo
So’zingiz gavhar a’lo
Sizga ming rahmat, ta’zim
Aziz inson – muallim
Dilshod:Ushbu    ustozlarimizga doimo qo’limiz ko’ksimizda, ta’zim qilamiz (o’quvchilar ta’zim qiladilar ).
 
Ramazon :Siz murabbiy inson uchun,
Har bir ilmu urfon uchun.
Rahnamosiz bizlar uchun
Qalbi daryo, muallimlar.
Ruxsora :Ko’klar sari parvozimiz,
Dong taratgan ovozimiz.
Siz tufayli qalblar osmon,
Dil guliston,muallimlar
Jahongir:45 daqiqa sirin kim bilar,
Sochingiz oqiyu ajinlar ular
Bolalar qalbiga tushgan tuyg’ular
Vatanimning dono muallimlari.
Akobir:Sinflar to’lishib to’lib boradi
Ilm dengizida suzib boradi
So’zlaridan gullar tuzib boradi,
Vatanimning dono muallimlari.
Zarina:Shodliklar ko’p,uning sanog’I yo’qdir,
Siz bergan mehrning adog’I yo’qdir
Siz kabi limning fidosi yo’qdir,
Vatanimning dono muallimlari.
(“Ustozlarim, bor bo’ling “qo’shig’i ijro etiladi .Ustozlarga guldastalar taqdim etiladi.
Hamma:-Ustozimiz yaratgan bog’idir bizlar,
Vatan suyanchig’i, tog’idir bizlar.
Nargiza:
Bizlarni kamol topishimizda  ota-onalarimizning o’rni beqiyosdir.
Otabek:Hazrat Navoiydek ulug’ zot  ham
Onalarimizga bo’lgan behad hurmatni quyidagicha tarannum etganlar :
Onalarning oyog’i ostidadir ,
Ravzai jannatu jinon bog’i
Ravza bog’i visolin istar esang,
Bo’l onaning oyog’in tufrog’i.
Mahliyo:Vatanni kim yaratgan                 Bilasizmi, bolalar?
Kim dunyoni tebratgan                             Bilasizmi, bolalar?
Bizga oq sut bergan kim ?
Shirin tilni kim bergan?
Yo’limizda tikanni
Kiprigida kim tergan?
U tunlar uxlamagan,
Chirog’im- onam mening.
Jannat menga ne kerak,
Makkam Madinam mening .
(“Omon bo’ling, aziz onalar”qo’shig’i ijro etiladi, onalarga gullar tutiladi)
 G’afur:Kechagina murg’ak edik,to’q edik
Ilm fandan hech xabari yo’q edik
Hatto qalam tutishni ham bilmasdik
O’yinqaroq edik , rosa sho’x edik
Zarina:O’rgatdingiz barcha harfni sabod-la
Hisob- kitob yozishni ham tinmayin
Sabog’ingiz tingladik biz qunt bilan
Darsingizda zerikishni bilmayin
Vazira:Bugun esa yoshimiz ham ulg’ayib
Bajarurmiz har bir ishni mustaqil
Biz bilurmiz nima yaxshi-yu yomonni
Ulg’aygach, bo’lurmiz ilmli,oqil
Shoxrux: Ustoz sizni koyitdik goh sho’xlik qilib
 Goh darsga kech qolib, kirmayin ketgan
Ba’zi kunlar bo’lgan dars qilmay kelib
O’shanda ko’nglingizda  ozorlar yetgan.
Marjona:Xuddi onamizday boshimiz silab
Biz qilgan xatolarni kechirolgansiz
Chindan ham bemisil kuchsiz,qudratli
Mehrimiz qalbi ko’chirolgansiz .
Mirzohid: Sochingizga oralagan oq tolalarda,
Biz qilgan sho’xliklar izi ko’rinar
Yuzingizda oralagan ajinlarga
Mashaqqatli mehnatingiz yuzi ko’rinar
Ozod:Yuqori sinfga o’tsak ham ustoz
A’loga o’qiymiz odob saqlaymiz
Hatto boshqalarda o’rnak ham bo’lib
Sizning ishonchingiz doim oqlaymiz
Hamma:Har bir bergan o’gitingiz yodda tutamiz
Doim sizga bosh egib,ta’zim etamiz!
Mehmon:Qanday bilimdonsiz,qanchalar baxtli
Shijoatli,mag’rur,bir so’zli ahdli
Qanchalar sevasiz-Ona Vatanni
Baxshida aylaysiz unga jon-tanni
Qanchalar fidoiy ustozlaringiz,
E’zozda bo’lishsin ustozlar hargiz.
2-mehmon:Yurtga bo’lgan mehringizdan
Hurmatimiz yuksaldi              Quvvat olib sehringizdan
Kemamiz ham qo’zg’aldi       Yaxshi qoling qadrdonlar
Xayrlashmoq fursati               A’lo o’qing bolajonlar
Ortsin Vatan shuhrati.
O’quvchi:Biz o’zbeklar mehmondo’stmiz          Yana tashrif buyuring        Salom ayting yupiterga                                       Doim sog’-omon yuring.
1-boshlovchi:Aziz ustozlar,qadrli mehmonlar!Mana bitiruv kechamiz ham poyoniga yetib qoldi.
2-boshlovchi:Bizga bilim bergan ustozlarimizga yana bir bor chuqur
Minnatdorchilik bildiramiz.Aziz ustozlar!Hamisha el-yurt ardog’ida bo’ling.
1-boshlovchi:Yurtimiz obod,elimiz shod,osmonimiz musaffo bo’lsin!
2-boshlovchi:Ona O’zbekistonimiz gullab,yashnayversin.xayr,sog’-salomat bo’linglar!

Оставьте комментарий