So’ngi qo’ng’iroq bitiruvchilari uchun yangi she’rlar to’plami

DO`STLARGA ULASHING:

Maktab dargohini tark etib ketish,
Men uchun azobdir bu axir azob.
Yuragimni ezar og’ir bir qiynoq,
Chunki chalinmoqda
so’ngi qo’ng’iroq.


so’nggi qo’ng’iroq ham
chalinar asta,
ko’zda mayusligu, qo’lda
guldasta,
maktab yillarimiz o’tdi bir
pasta,
har vaqt sog’inaman SENI
SINFDOSH!!!!


maktab yillarimiz o’tdi
birma-bir,
o’tdi kun fasllar,o’tdi kun-
oylar,
bugun sog’inchdan otadi tonglar tongdan sog’inaman seni
sinfdosh.


Maktab davri (Monolog uchun she’r)

To’qqiz yillik bolalikka yasaysiz yakun.
Endi xayot darsxonangiz bo’lar,
Maktabda chalinadi eng oxirgi qo’ng’iroq bu kun.
Bilmam, balki joningizga tekkan bu jarang,

Balki bezor bo’lgandirsiz darslardan xatto.
Balki ustoz asabingiz qilgandir tarang,
Lekin o’tgan maktab davrin unutmang aslo!
Axir oson bo’lmagandir 9 yil kutmoq,

Bekor sarf bo’lmagandir 9 yil umr.
Oson bo’lmas ustozlarning etagin tutmoq,
Barchasining o’z gashti bor, qilingiz sabr.
Balki sizga unut bo’lgan, eslarsiz balki,

Shu dargoxga qadam qo’ygan jajji qizaloq,
Yo bolakay edingizlar, quvonchga to’lib
Kutgandinglar chalinishin ilk qo’ng’iroq.
Alifboni tanimagan sofdil qizaloq

Katta bo’lib onasiga berar maslaxat.
Darsdan qochib bezor qilgan bir shalpangquloq
Bugun endi o’zimizga qilar nasixat.
9 yilda 9 mingta quvonchu -tashvish:

Sarguzashtlar xotiradan ketmaydi albat.
Sinfdoshlik bog’i ichra ochildi do’stlik,
Kimlargadir nasib bo’ldi sof bir muxabbat.
Endi ustoz tekshirmaydi xayot darsini,
Vazifani ko’chirmoqqa bo’lmaydi imkon.

Kundalikka qo’yilmaydi «2» baxolar,
Biling endi, xatolarni kechirmas zamon.
Sinfdoshlar, bo’lolmaysiz endi partadosh,
Endi sirdosh bo’lolmassiz, unutmang biroq:
Do’stlaringiz bir umrga bo’lar yelkadosh,
Do’stlik uchun chalinmaydi so’nggi qung’iroq.



Sinfdosh

Zinxor Ko’rmayin, Ko’zlaringda yosh.
Sen uchun porlasin, Ko’klarda quyosh.
Ayriliq ko’nglimda bo’ldi og’ir tosh.
Baxtli bo’l bir umr aziz Sinfdosh…

Endi senga o’tgan kunlar xayoldir,
U kunlar xotira bizga Yodgordir.
Qaydasan Sinfdosh dilga savoldir.
Baxtli bo’l Bir umr Aziz Sinfdosh.

Umid deb atalmish guling so’nmasin.
Yurakda orzuying, bevaqt o’lmasin.
Shu qaro ko’zlaring, Xech nam bo’lmasin.
Omon bo’l bir umr aziz SINFDOSH

16 комментариев к “So’ngi qo’ng’iroq bitiruvchilari uchun yangi she’rlar to’plami”

  1. Hi there, I discovered your site by way of Google while looking for a comparable subject, your web
    site came up, it seems good. I have bookmarked it in my
    google bookmarks.
    Hello there, just was aware of your weblog via Google, and located that it’s really informative.
    I am gonna be careful for brussels. I’ll appreciate if you happen to proceed
    this in future. Many people can be benefited from
    your writing. Cheers!

Оставьте комментарий