Parasetamol foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar

DO`STLARGA ULASHING:

Parasetamol foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar

PARASETAMOL (ПАРАЦЕТАМОЛ)

?Farmakoterapevtik guruhi: Analgetik va antipiritik

?Dori shakli: tabletka

?Tarkibi: parasetamol 500mg

?Farmakalogik ta’siri.
Og’riq qoldiruvchi, issiqlik tushuruvchi, yallig’lanishga qarshi kuchsiz ta’sir ko’rsatadi. Prostaglandinlar hosil bo’lishini ingibirlaydi, ko’proq gipotamusdagi termoregulyatsiya markaziga ta’sir qiladi.

?Qo’llanishi:
Kuchsiz va o’rtacha (bosh og’rig’i, migren, tish og’rig’i, nervalgiya, mialgiya, algodismenoreya; kuyish va jarohatdagi og’riq) og’riq sindromi. Isitma bilan kechadigan infeksion-yallig’lanish kasalliklarida.

?Dozalari:
Kattalar va massasi 60 kgdan ortiq bo’lganlar uchun bir martalik doza 500mg, sutkasiga to’rt martagacha.

Maksimal davo davomiyligi 5-7 kun.
Maksimal dozasi — bir martalik 1g, sutkasiga 4g.

Bolalar uchun:
Bir martalik qabul:
6-12 yosh — 250-500 mg,
1-5 yosh — 120-250 mg,
3 oydan 1 yoshgacha 60-120 mg,
3 oygacha — 10 mg/kg.
Qabul soni sutkasiga 4 marta, oraliq 4 soatdan kam bo’lmasligi kerak.
Maksimal davo davomiyligi 3 kun.
Maksimal doza-4 martalik doza sutkasiga.

?Nojo’ya ta’sirlari.
Hazm qilish tizimi tomonidan. Kam hollarda — dispeptik ta’sir, yuqori dozani qabul qilish davomida gepatoksik ta’sir.
Qon aylanish tizimi tomonidan. Kam hollarda- trombositopeniya, leykopeniya, pansitopeniya, neytropeniya, agranulositoz.
Allergik reaksiyalar: kam hollarda- teri toshmlari, qichish.

?Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar.
Surunkali faol alkogolizm, parasetamolga sezuvchanlik oshganda.

?Saqlash sharoiti: quruq, bolalar qo’li yetmaydigan, havo harorati 25 C dan yuqori bo’lmagan joyda.

Оставьте комментарий