Polietilen paketlarni ishlab chiqarish biznesi

DO`STLARGA ULASHING:

Polietilen paketlarni ishlab chiqarish biznesi

— Polietilen paketlarga deyarli hamma joyda ehtiyoj bo’ladi: sanoat ishlab chiqarishidan tortib, kundalik uy ehtiyojlariga qadar. Ular bizning hayotimizda mustahkam o’rnashib oldilar, reklama maqsadlarida ham, tovarlarni tashishda ham paketlardan foydalanamiz. Bunday paketlarni ishlab chiqarish juda istiqbolli faoliyatdir.

#Boshlanģich_xarajatlar:
– Ro’yxatdan o’tkazish — 280$
– Reklama — 420$
– Uskunalarni sotib olish — 24000$
– Xom ashyo sotib olish — 700$
– Ta’mirlash — 2100$
– Boshqa xarajatlar — 70$

Jami: ~ 27570$ atrofida sarmoya kerak bo’ladi.

#Oylik_xarajatlar:
– Ish haqi — 2450$
– Joy ijarasi (200 m²) — 650$
– Kommunal to’lovlar — 150$
– Reklama — 200$
– Buxgalteriya hisobi — 120$
– Xom ashyo sotib olish — 1230$
– Kutilmagan xarajatlar — 100$

Jami: ~ 4900$ lik oylik xarajatlar mavjud.

— Oylik sof foyda 2450$ ni tashkil etib tursa, sarmoyalar 12-13 oyda qoplanishi kutiladi.