Pritzker mukofoti

DO`STLARGA ULASHING:

Pritzker mukofoti

Pritzker arxitektura mukofoti har yili arxitektura sohasidagi yutuqlar uchun beriladigan Nobelning analogidir. Mukofot sifatida laureat 100 ming AQSh dollari, sertifikat va bronza medali bilan taqdirlanadi.

Nobelda arxitektura yoʻnalishi yoʻqligi bois Pritzkerlar oilasi 1979 yilda o’zlarining arxitektura mukofotini yaratishadi. Pritzkerlar sulolasining asoschisi advokat Nikolay Yakovlevich Pritsker bo’lib, u Kiyevdan Chikagoga ko’chib kelgan, mukofot uning nabirasi Jey Pritsker tomonidan taʼsis etilgan.

Mukofot nufuzli arxitektorlar, arxitektura tanqidchilari va biznesmenlardan tashkil topgan hakamlar hay’ati tomonidan beriladi. G‘olib yopiq ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi. Taqdirlash marosimi o‘tkaziladigan joy ham doimiy o‘zgarib turadi. 2004 yil Sankt-Peterburgdagi Ermitaj teatri binosida Zaha Hadidga Pritsker mukofotini topshirish marosimi bo’lib o’tadi. Zaha Hadid ushbu mukofotni qo’lga kiritgan birinchi ayol me’mor bo’lgan.

📊@jahon_statistikalar

Оставьте комментарий