Qozogʻiston tarixi

DO`STLARGA ULASHING:

Qozogʻiston tarixi?
??_______________??
Hozirgi Qozogʻiston hududida miloddan avvalgi 4–3-ming yilliklarda (eneolit davri) yaylov chorvachiligi paydo boʻldi. Miloddan avvalgi 1-ming yillik oʻrtalarida koʻpgina dasht qabilalari yaylov chorvachiligi bilan shugʻullana boshladi. Bu qabilalar, asosan, qoʻchmanchi va yarim koʻchmanchi chorvachilik bilan shugʻullangan, hunarmandchilik va qisman dehqonchilik ham qilgan. Miloddan avvalgi 3–1-asrarda hozirgi Qozogʻiston hududida Qangʻ davlati vujudga keldi. Milodiy 6-asr oʻrtalarida Turk xoqonligi, 8-asr boshlarida Ili va Chu daryolari oraligʻidagi hudullarda turgashlar, 766-yil qarluqlar davlati tashkil topdi. Turgashlar, keyinchalik Qarluqlar xoqonligida (766–940) hunarmandchilik va savdo markazlari boʻlgan shaharlar (Taroz va boshqa) paydo boʻldi. 8–10-asrlarda Qozogʻiston janubda islom dini tarqaldi.

Оставьте комментарий