Prozerin ampula — antixolinesteraz vosita

DO`STLARGA ULASHING:

?Prozerin ampula — antixolinesteraz vosita .

#Prozerin ampula
#Прозерин ампула

?Dori shakli : Ineksiya uchun eritma — 1 ml ampulada

?Tarkibi : Neostigmin metilsulfat .

?Ta’sir qilishiga ko’ra :

Antixolinesteraz vosita

?Qo’llanilishi ?

— Miasteniya va miastenik sindromda
— Bosh miya travmalaridan keyingi holatlarda
— O’tkazilgan meningit , poliomiyelit va ensefalit kasalliklaridan keyingi tiklanish uchun
— Nevritda
— Me’da ichak va siydik qopi harakati susayganda ( atoniyada ).
— Glaukomada

?Qabul qilish usuli va dozasi ?

Vena ichiga , mushak orasiga va teri ostiga yuboriladi.

Kattalarga sutkasiga 2 ampula gacha ( ikki martada ).

Bolalarga esa shifokor maslahati bilan .

?Nojo’ya ta’siri

— Bosh og’rig’i , bosh aylanishi , holsizlik , sudorgi
— Bradikardiya , qon bosimi tushishi
— Bronxospazm , bronxial astmada ( ehtiyot bo’lish kerak ).

?Qabul qilish mumkin bo’lmagan holatlar : ?

— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda
— Epilesiyada ( tutqanoqda).
— Yurak ishemik kasalliklarida ( infarkt , stenokardiya da)
— Bradikardiyada
— Aritmiyalarda
— Bronxial astmada
— Aterosklerozda
— Peritonitda
— Me’da ichak va 12 barmoq ichak yara kasalligida
— Siydik yo’llari va me’da ichak trakti yo’llari berkilib qolganda
— Qon bosimi past yuradigan bemorlar va insonlarda
— Homiladorlik va emizish davrida
— Bolalarda infeksion kasalliklarda mumkin emas.

Оставьте комментарий