Qalqonsimon bez faoliyatini yaxshilash uchun 8 ta muhim mahsulot

DO`STLARGA ULASHING:

Qalqonsimon bez faoliyatini yaxshilash uchun 8 ta muhim mahsulot

Statistikaga ko‘ra, qalqonsimon bez kasalliklari juda keng tarqalgan bo‘lib, JSST ma’lumotlarida ular diabetdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.

Ko‘pgina hollarda endokrin tizimidagi buzilishlar inson tanasida vitaminlar va muhim elementlarning yetishmasligi bilan bog‘liq.

Noto‘g‘ri ovqatlanish, xilma-xil bo‘lmagan menyu, ratsionda meva va sabzavotlarning yetishmasligi — qalqonsimon bezning noto‘g‘ri ishlashiga sabab bo‘lishi mumkin.

Qalqonsimon bez patologiyalari xavfini kamaytirish uchun ratsionga quyidagi mahsulotlarni kiritish kerak:
1. Dengiz karami
2. Dengiz mahsulotlari
3. Qizil baliq (umuman baliqlar)
4. Yong‘oqlar
5. Xurmo (yoki finik)
6. Olma
7. Shpinat
8. Rezavorlar (chernika, klyukva)

Profilaktika maqsadida yod preparatlarini ichib yurish tavsiya qilinadi. Kattalarga 200 mg (18 yoshgacha 100 mg), kunda bir mahal ovqat bilan, davomiyligi 6 oy. Keyin 6 oy ichilmaydi va yana qayta boshlash mumkin.

Yod elementi rux (sink) (https://t.me/taomlanish_ilmi/2280) va selen (https://t.me/taomlanish_ilmi/1910) ishtirokida yaxshi so‘riladi.

@taomlanish_ilmi

Оставьте комментарий