Qanday o‘qituvchilar 5 mln so‘mlik ustama oladi?

DO`STLARGA ULASHING:

O‘quvchilari oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida eng yuqori natija ko‘rsatgan pedagog kadrlar har oyda beriladigan 5 mln so‘mlik ustamaga tavsiya qilinadi.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan, o‘quvchilari oliy ta’lim muassasalariga yoki Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarida eng yuqori natija ko‘rsatgan pedagog kadrlar Xalq ta’limi jamg‘armasi hisobidan ustama olishlari mumkin.
Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 2 avgustdagi 425-son qarori bilan tasdiqlangan “Xalq ta’limi vazirining jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizom”da qayd etilgan.
Bunda malakali pedagog kadrlarga va ilg‘or xodimlarga har oylik ustama hamda bir martalik pul mukofotlarini to‘lash ishlarini muvofiqlashtirish uchun Vazirlikda doimiy ravishda ishlaydigan Ishchi guruh tuziladi.
Davlat test markazi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilarining tegishli o‘quv yilida o‘qishga qabul qilishda oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihoni hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab to‘g‘risidagi ma’lumotlarni (abituriyentlar va imtihon o‘tkazilgan fanlar bo‘yicha) natijalari vazirlikka taqdim etadi.
Vazirlik ishchi guruhi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilari (o‘quvchilari) tomonidan tegishli o‘quv yili qabulida oliy ta’lim tashkilotlariga, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarida jamlagan ballardan kelib chiqib yillik kvotani «Boshlang‘ich ta’lim», «Aniq va tabiiy fanlar», «Xorijiy tillar», «Ijtimoiy fanlar» va «Amaliy fanlar» yo‘nalishlari bo‘yicha tuman (shahar)lar bo‘yicha taqsimlaydi va hududiy kengashlarga taqdim etadi.
Hududiy kengashlar tuman (shahar) kvotasidan kelib chiqib har oylik ustama olish uchun nomzodlarni «Boshlang‘ich ta’lim», «Aniq va tabiiy fanlar» «Xorijiy tillar», «Ijtimoiy fanlar» va «Amaliy fanlar» yo‘nalishlari bo‘yicha tuman (shahar) bo‘yicha Ishchi guruhga taqdim etadi.
Ishchi guruh tomonidan unga taqdim etilgan nomzodlar orasidan ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlar ikki bosqichli sinov orqali tanlab olingach ularga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida har oylik ustama to‘lanadi.
Har oylik ustama u belgilangan kundan boshlab 9 oy davomida beriladi. Bunda xodimning ish joyi, lavozimi o‘zgargan holda ham uning har oylik ustamasi saqlab qolinadi va belgilangan muddatga qadar to‘lanadi.

Оставьте комментарий

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek