QANDAY QILIB ELEKTRON POCHTA (E-MAIL) YARATISH VA OCHISH

DO`STLARGA ULASHING:

QANDAY QILIB ELEKTRON POCHTA (E-MAIL) YARATISH VA OCHISH MUMKIN ?
Assalomu aleykum, aziz internet foydalanuvchilari! Sizni SAVOL-JAVOB.COM saytida ko’rib turganimdan juda hursandman, mening ismim – Asadbek Ibragimov. Bugun biz elektron pochta yaratamiz.
Juda ko’p odamlar internetda pul ishlashni istashadi, ammo onlayn tarzda daromad olish uchun birinchi qadam bilan (E-mail) yaratib olish lozimdir. Har bir saytda ro’yhatdan o’tayotganda Sizdan elektron pochta so’rashadi. Shundan xulosa chiqarib, albatta uni yaratishimiz kerak.
Ushbu maqolada Biz uni yaratishni o’rganib olamiz!
Agar bu mavzu Sizga juda qiziq bo’ladigan bo’lsa, unda o’zingizga qahfa damlab, maqolani o’qishni boshlang !
Ushbu maqola internetda pul ishlashni boshlash istagida yurgan odamlarga juda foydali bo’ladi.
ELEKTRON POCHTA HAQIDA
Elektron pochta (ingliz tilida E-mail, yani “electronic mail”) – hat jonatish boyicha texnologiya va xizmat hisoblanadi. Elektron pochta orqali hatlar va kerakli bo’lgan malumotlarni o’qish uchun va kerak bo’lgan fayllarni jo’natish uchun ishlatish mumkin.
Hozir internetni deyarli hamma foydalanuvchilarida elektron pochta mavjud va elektron pochtaning shakli, shundan iborat :
isim@xizmatchi.domen
Isim – ushbu bo’limga Siz hohlagan isimni yoki so’zni kiritishingiz mumkin. Masalan : laqabingiz, yaxshi ko’rgan qizingizni/yigitingizni ismi bilan o’zingizni ismingiz, yoki ismingiz bilan tug’ilgan yilingiz.
@ – elektron pochtaning belgisi.
Xizmatchi – elektron pochta servisini taqdim etadigan xizmatchi. Masalan: Mail, Gmail, Яндекс Почта va boshqalar.
Domen – elektron pochta servisini taqdim etuvchi xizmatchining domeni (manzili).
Sizning pochtangiz ham shunga o’xshagan bo’ladi !
ELEKTRON POCHTA YARATISH BO’YICHA YOZMA-QO’LLANMA
Demak, pochta haqida to’liq bilib oldik va endi uni yaratishga o’tamiz. Men o’zim Gmail va Mail ishlatib kelmoqdaman, ammo Sizga men Gmail ishlatishni tavsiya qilaman, sababi sir emas ko’pchilik O’zbekistonliklarda Android tizimi smartfonlarga o’rnatilgan va Gmail yaratib, Siz o’zingizni akkaunt yaratgan bo’lasiz.
Birinchi qadam. Gmail.Com saytiga o’tib “Создать аккаунт” degan tugmaga bosamiz. Bosganimizda “Для себя” tugmasini tanlaymiz.
Ikkinchi qadam. Ismingiz bilan familiyangizni kiriting :
Uchinchi qadam. Yangi pochtangizga yangi ism kiriting.
To’rtinchi qadam. Yangi parol toqib, uni yana bir bor kiriting va “Далее” tugmasini bosing.
Beshinchi qadam. Telefon raqamingizni kiriting:

Telefon raqamingizni kiritayotganda, operator ko’dini va raqamni o’zini kiriting. Misol: 90 1234567

Oltinchi qadam. Tugilgan kuningizni va jinsingizni tanlang va “Далее” tugmasini bosing:
Yettinchi qadam. Chiqib kelgan oynachani pastga tushurib “Принимаю” degan tugmaga bosamiz:
Sakkizinchi qadam. Pochta yaratildi, endi ishlatishni boshlashingiz mumkin!
XULOSA
Demak, aziz yurtdoshlar Biz bu maqolada elektron pochta haqida to’liq malumotni bilib oldik, uni yaratdik va ishlatishni bilib oldik. Agar Sizga maqola yoqgan bo’lsa, unda do’stlar bilan bo’lishish esingizdan chiqmasiz.

9 комментариев к “QANDAY QILIB ELEKTRON POCHTA (E-MAIL) YARATISH VA OCHISH”

  1. Уведомление: rent scooters in treasure island

  2. Уведомление: fresh ccv

  3. Уведомление: แทงบอลโลก

  4. Уведомление: sbobet

  5. Уведомление: snuscore de

  6. Уведомление: https://spellcasting.biz/prayer-for-strength/

  7. Уведомление: maxbet

  8. Уведомление: navigate here

  9. Уведомление: ข่าวบอล

Комментарии закрыты.