YOUTUBEDA PUL ISHLASH — KANAL OCHISH, VIDEO JOYLASH VA PUL ISHLASH

DO`STLARGA ULASHING:

Assalomu aleykum, aziz yurtdoshlar ! Sizni Get-Money saytida ko’rib turganimdan juda hursandman, mening ismim – Asadbek Ibragimov. Bugungi maqolada biz YouTube orqali pul ishlash haqida bilib olamiz.

Kundan-kunga bloggerlar soni ko’payib bormoqda va YouTubeda videolar so’ni cheksizdek. Shu bloggerlar deyarli yarim kunini video yozish bilan obora bo’lishadi. Chunki YouTubeda pul ishlash mumkin va bu hozir hech kimga sir emas, sababi video-content eng yaxshi reklama instrumentlaridan biri.

Bu maqolada men YouTube orqali pul ishlash haqida to’liq so’zlab berishga harakat qilaman va kanal yaratib, video joylash haqida ham aytib beraman.

Agar mavzu biroz bo’lsada qiziqarli bo’lsa, unda maqolani o’qishni davom etdiring.

YOUTUBEDA PUL ISHLASA BO’LADIMI ?

Bloggerlar nega video yuklaydi ? Chunki ular YouTubeda juda yaxshi foyda olishadi. Masalan : EeOneGuy = 1 million $, SlivkiShow = 400 000 $, This is Хорошо = 500 000 $ va DaiFiveTop = 450 000 $. Haa, daromadlari chaki emas. Yana bo’lsa bu ularning oylik daromadi…

Bir so’z bilan YouTubeda 100% pul ishlasa bo’ladi. Eng muhimi – o’zingizga ishoning va yarim yo’lda to’xtab qolmang !

KANAL YARATISH VA UNI SOZLASH

Birinchi qadam bilan albatta kanal yaratish lozim va uni juda tog’ri qilib sozlash kerak. Shu sababdan men Sizga Davron G’ulomovning “Youtubeda kanal ochish” degan videokursini tavsiya qilaman :

 

Bu kurs Sizga kanal yaratishni o’rgatadi, kanal yaratib va uni sozlab bo’lganingizdan keyin keyingi qadamga o’ting.

VIDEO YOZISH, MOTAJ QILISH VA YUKLASH

Manimcha eng qiyin qadam shu bo’lsa kerak. Chunki agar videoingiz sifatsiz bo’lsa unda Siz umuman daromad ola ololmaysiz. Sababi YouTube sifatsiz video’larni yomon ko’radi va Sizning kanalingizni TOP-kanallarga olib chiqmaydi.

Video yozish usullari :

  • Jonli video – telefon yordamida yoki videokamera;
  • Screen video – dasturlar yordamida.

Montaj uchun dasturlar :

  • Adobe After Effects;
  • Adobe Premier Pro;
  • Sony Vegas Pro.

Videoyingiz tayyor bo’lgandan so’ng uni Siz YouTubega joylashingiz kerak.

150 OBUNACHI VA 10000 PROSMOTR YIG’ISH

Bitta video yuklab bo’lib yana 5-6ta video yuklash zarur. Videolar joylashtirib bo’lganingizdan keyin Sizning ishingiz bu :

  • 150ta obuna yig’ish ;
  • Bir oy davomida 3000 prosmotr olish;
  • Umumiy 10000 prosmotr olish.

Agar Siz olib bo’lgan bo’lsangiz, unda keyingi masalaga o’ting.

KANALGA HAMKORLIK DASTURINI ULASH

Agar tepadagi talablarga kanalingiz javob bera ololsa, unda hamkorlik dasturini ulab pul ishlashni boshlashingiz mumkin.

Hamkorlik dasturlari har bir 1000 prosmotr uchun 0.1-10$ to’laydi. O’rtacha 1-2$. Masalan Siz oyiga million prosmotr yig’sangiz, unda 1000-2000$ daromad olishingiz mumkin.

Hamkorlik dasturlaridan eng zo’ri bu – Yoola, sababi Yoola YouTubening official hamkori hisoblanadi va juda ko’p mashhur blogerlar aynan ushbu servisni ishlatishadi.

Yoola saytiga o’tish

KANALGA YAXSHI QARAB TURING !

Hamkorlik dasturini ulab bo’lganingizdan keyin kanalga qarab turish kerak va kamida haftasiga 1 video yuklash zarur. Bu nafaqat Sizga maslahat, bu majburiyatdir.

Hech qachon reklamaga berilmang, yani kanalingizni reklama qilmang, chunki YouTube bu haqida bilib qoladi va Sizning kanalingiz qora saytlarning ro’yhati kirib qolishi mumkin.

YOOLA’DAN PULLARNI YECHIB OLISH

Sizni bilmadim, ammo men har 3 oyda Yooladan pullarimni olaman va pulning hajmi uncha ko’p emas, ammo yetarlicha.

Pullarni Siz WebMoneyga ham o’tqazishingiz mumkin.

XULOSA

Malumot uncha to’liq emas, ammo Sizga biroz bo’lsada foydali bo’ldi deb o’ylayman. Maqola bilan ijtimoiy tarmoqlarda bo’lishish va kanalimizga obuna bo’lish esingizdan chiqmasin. Ko’rishguncha !

10 комментариев к “YOUTUBEDA PUL ISHLASH — KANAL OCHISH, VIDEO JOYLASH VA PUL ISHLASH”

  1. Уведомление: DevOps Services

  2. Уведомление: scrape§intitle:sell home

  3. Уведомление: handyman

  4. Уведомление: sbobet

  5. Уведомление: sbobet

  6. Уведомление: บาคาร่าเว็บตรง

  7. Уведомление: buy ayahuasca tea online holland,

  8. Уведомление: 카드결제

  9. Уведомление: real willy wonka chocolate bars​

  10. Уведомление: Online medicatie kopen zonder recept bij het beste Benu apotheek alternatief in Amsterdam Rotterdam Utrecht Den Haag Eindhoven Groningen Tilburg Almere Breda Nijmegen Noord-Holland Zuid-Holland Noord-Brabant Limburg Zeeland Online medicatie kopen zonder r

Комментарии закрыты.