Qanday qilib unutilgan Wi-Fi parolini topsa boʻladi?

DO`STLARGA ULASHING:

Qanday qilib unutilgan Wi-Fi parolini topsa boʻladi?

ℹ️ MacOSda siz kiritgan va saqlagan har bir parol MacOS uchun parollarni boshqarish tizimi Keychain Accessda saqlanadi. Va bu Wi-Fi tarmogʻi parollarini ham oʻz ichiga oladi.

🔍 Keychain Access ilovasini ochish uchun qidiruv funksiyasidan foydalaning va quyidagilarni bajaring:

1. Keychain Access ilovasidagi System Keychains boʻlimidagi System tugmasi ustiga bosing

2. Tepadagi panelda joylashgan Passwords boʻlimiga kiring

3. Parolini bilmoqchi boʻlgan Wi-Fi tarmogʻi nomi ustiga ikki marta bosing

4. Ochilgan oynaning past qismidagi Show password chekboksi ustiga bosing.

Chekboks ustiga bosilgandan soʻng parol koʻrinadi, uni nusxalab olish mumkin.

✅ Windowsda sal koʻproq amal bajariladi, biroq parol topishga arziydi:

1. Start menyusidan boshqaruv paneli (Control Panel) ga oʻting>Network and Internet>Network and sharing center (Windows 11da) yoki Sozlamalar>Network&Internet>Status>Network and sharing center (Windows 10da) ga oʻting

2. Connections yozuvining oʻng tomonida moviy rangda turgan Wi-Fi tarmogʻingiz nomi ustiga bosing

3. Ochilgan oynadan Wireless properties boʻlimiga oʻting va yangi ochilgan oyna tepasidagi Security boʻlimiga kiring

4. Show characters chekboksini yoqing va parol koʻrinadi. Windowsda ham parolni nusxalash imkoni bor.

🔐 Aytgancha, Windowsda ulangan tarmoqlarning hammasini parolini bittada koʻrishning boshqacha usuli ham bor. Buning uchun Windows CMDda ozgina kod yozish kerak boʻladi:

1. Boshlash + R tugmalar kombinatsiyasini bosing

2. Ochilgan Run oynasidagi matn kiritish boʻshligʻiga cmd deb yozing va OK tugmasini bosing

3. Ochilgan terminalda netsh wlan show profile deb yozing va Enter tugmasini bosing

4. Oʻzingizga kerak boʻlgan tarmoq nomini bilgach, netsh wlan show profile (Wi-Fi tarmogʻi nomi) key=clear deb yozing va Enter tugmasini bosing va Windows sizga Wi-Fi parolini beradi.

💬 Natija bergan yoki yordam zarur bo’lsa izohlarda fikringgizni yozib qoldiring!

Оставьте комментарий