QIZBOLANI 17 YOSHDA TURMUSHGA BЕRSA BO‘LADIMI.

DO`STLARGA ULASHING:

QIZBOLANI 17 YOSHDA TURMUSHGA BЕRSA BO‘LADIMI.

⚡️SAVOL;
Qizim 17 yoshda. Hozirda uyimizga sovchilar kelmoqda. Biz shu yoshida qizimizni turmushga berishga qonunan haqlimizmi ?

⚡️JAVOB;
Oila kodeksining 15-moddasiga asosan, nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun o‘n sakkiz yosh etib belgilangan.

❗️Biroq ushbu moddada;

✅ Uzrli sabablar bo‘lganida, alohida hollarda (homiladorlik, bola tug‘ilishi, voyaga yetmagan shaxsning to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinishi (emansipatsiya), nikohga kirishni xohlovchilarning iltimosiga ko‘ra nikoh davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan joydagi tuman, shahar hokimi nikoh yoshini ko‘pi bilan bir yilga kamaytirishi mumkinligi xam ko‘rsatilgan.

❗️ Demak, sizlarda ikki yo‘l bor;

🟢 Birinchisi farzandingiz 18 yoshga to‘lishi uchun yana bir yil kutish.

🟢 Ikkinchisi esa, o‘zlaring yashab kelayotgan tuman yoki shahar hokimining nomiga oila qurayotganlar tomonidan yozma iltimosnoma kiritish.

✅ Kiritilgan yozma iltimosnoma qanoatlantirilib, hokimbuva tomonidan farzandingizni nikoh yoshi bir yilga kamaytirilsa, shundan keyin sizlar qonunan farzandingizni turmushga bersangiz bo‘ladi.

Оставьте комментарий

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek