DO`STLARGA ULASHING:
Qonni tabiiy usulda ko‘paytirish mumkinmi?
➥ Kamqonlik (anemiya) bugungi kunda keng tarqalgan kasalliklardan biri hisoblanadi. Qonda gemoglobin miqdori kamayganda taomnomaga temir mikroelementlariga boy oziq-ovqatlarni kiritish kerak. Bunda shifokorlar tomonidan go‘sht mahsulotlari ko‘proq tavsiya etiladi.
➥ Go‘sht uzoq vaqt issiqlik bilan ishlov berilmasligi kerak. Bundan tashqari olma, lavlagi, sabzi sharbatlari, dengiz mahsulotlari, qaynatilgan til, S vitaminini o‘z ichiga olgan mevalar: anor, apelsin, kivi tarkibida ham gemoglobinni ko‘taruvchi mikroelementlar mavjud.
➥ Kamqonlikni uzoq vaqt davolamaslik kamqonlik asoratlarining kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Qonda gemoglobin miqdorining uzoq vaqt kamaygan holda bo‘lishi immunitetning pasayishiga, yurak urushining tezlashishi va yurak yetishmovchiligi, homiladorlik davrida erta tug‘uruq, homilaning va bolalarda aqliy, jismoniy rivojlanishning ortda qolishiga sabab bo‘ladi.