Qor haqida 19 ta qiziqarli ma’lumotlar

DO`STLARGA ULASHING:

Deyarli har qish faslida qor tevarak-atrofimizni o’rab oladi. Biz unga boqamiz, uni ustida yuramiz, zavqlanamiz, lekin kamdan-kam hollarda uning qanday ekanligini o’ylaymiz. Qor parchalari juda ham ajoyib… Bugun diyorimizda yoqqan ilk qor munosabati bilan u haqidagi bir qancha qiziqarli ma’lumotlarni siz bilan o’rtoqlashamiz.

Odamlar qor parchalarini sun’iy ravishda paydo qilishni o’rgandilar.

Yer yuzida yashovchi odamlarning yarmidan ko’pi umrida hech qachon haqiqiy qorni ko’rmagan.

Olimlarning so’zlariga qaraganda ular o’rganishlar jarayonida hech qachon ikkita bir xil qor parchalarini topa olmaganlar.

Qor quyosh nurlarini 90 foizgacha aks ettiradi.

Hozirgacha kashf etilgan eng katta qor parchasi diametri 38 santimetr bo’lgan.
Qor parchalari 95 foiz havodan iborat.

Tog’larda va qutbli mintaqalarda baland bo’lgan qor, ba’zan «qor xlamidomonasi» deb nomlangan suv o’tlari tufayli qizg’ish yoki pushti rangga ega bo’ladi. Ushbu qor tarvuzga o’xshaydi.

Yerga tushayotgan qor parchasining tezligi soatiga bir kilometrdan kam.

Nafaqat Yerda, balki Marsda ham qor mavjud.

Qor parchalari kristallarining deformatsiyalanishi tufayli kristall ko’rinishda bo’ladi.
1949 yilda Sahroda qor yog’gan. Biroq, u deyarli darhol erib ketgan.

Yaponiyada qor parchalari muzeyi mavjud.

19 yanvar — butun dunyo qor kuni.

Finlandiyada yashovchi sam xalqi tilida qor, muz va ularning turlari uchun 180 ga yaqin so’z bor. Eskimo tilida qorni anglatuvchi 20 dan ortiq so’z mavjud.

Bir kub metr qorga uch yuz milliondan ortiq qor parchalari kiradi.

Suv yuzasiga tushgan qor parchalari baliqlarga juda yoqimsiz bo’lgan yuqori chastotali tovush chiqaradi. Odamlar bu tovushni eshitmaydilar.
Hatto Ekvador va Gavayi orollari kabi issiq joylarda ham qor yog’ib turadi. U tog’larning tepasida joylashgan.

Yaponiyada yapon qorlari chet el qorlaridan farq qiladi degan afsona mavjud.

Mikroskop ostidagi qorning birinchi fotosurati 1885 yilda olingan. Amerikalik fotograf Uinston Bentli muvaffaqiyatga erishish uchun 46 yil sarflagan.

Оставьте комментарий

ArabicEnglishFrenchGermanKazakhKyrgyzRussianTajikTurkishUzbek