Qorbobo va yalmong’iz.

DO`STLARGA ULASHING:

Qorbobo va yalmong’iz.

Qorboboman Qorbobo,
Ayting qopimda nima bor,
Topolmadingiz obbo,
Qopimda yalmong’iz bor.

Tutib oldim men yuldan,
Yeb qo’yibdi sovg’alarim,
O’chimni olib undan,
Qopga soldim bolalarim.

Ayting nima qilay,
Jazosin qanday beray,
Unga qilmayman raxim
U ochko’z va befahm.

Tilga kirdi yalmong’iz,
Gapirayin bir og’iz,
Sovg’alarni yemadim,
Uni yashirib qo’ydim.

Imkon ber borib kelay,
Sovg’alarni olib kelay.
Qorbobo dedi xup,
Tezroq kel ketma ko’p.

Yalmong’iz olib keldi,
Sovg’alarni qopga solib,
Bolalar xursand bo’ldi,
Qalbi sevinchga to’lib.

Qilmishidan uyalib,
Supurgiga suyanib,
Yalmong’iz uchib ketdi,
Kulbasiga borib yetdi.

✍️: Islomova Mukambar

Оставьте комментарий