Quloq ichida noma’lum tovushlarni paydo bo‘lib qolishi.

DO`STLARGA ULASHING:

Quloq ichida noma’lum tovushlarni paydo bo‘lib qolishi.

Quloq ichida chingillash yoki yoqimsiz tovushlarni paydo bo‘lib qolishini tibbiyotda Tinnitus deb ataladi.

Tinnituslarni kelib chiqishi

✅Quloqdagi Oltingugurt tiqinlari, quloq va burun infeksiyalari, akustik nevroma.

✅Taxminan 200 ga yaqin dori quloqqa toksik bo‘lishi mumkin. Ular orasida aspirin, og‘riq qoldiruvchi vositalar, loop diuretiklar, antidepressantlar mavjud.

✅Meniyere kasalligi, ichki quloq ta’sirlanganda va tinnitus bilan birga bosh aylanishi va eshitish buzilishi paydo bo‘ladi.

✅Otoskleroz: o‘rta quloqdagi suyakchalarning buzilishi.

✅Temporomandibular bo‘g‘im bilan bog‘liq muammolar.

✅Qalqonsimon bez kasalligi yoki diabet.

✅Bosh va bo‘yin jarohatlari.

Ayrim sababi aniqlanmaydigan tinnituslar afsuski davosiz xisoblanadi.

Davolash uslublari xaqida kelgusida batafsil yozaman.

Оставьте комментарий