Raxit kasalligi xaqida nimalarni bilasiz

DO`STLARGA ULASHING:

Raxit kasalligi xaqida nimalarni bilasiz ❓

⭕️Raxit — D vitamini yetishmovchiligi va organizmdagi mineral almashinuvining buzilishi bilan bog’liq kasallikdir.

?? Raxitdan ko’pincha bir yoshgacha bo’lgan bolalar aziyat chekadi va kasallar orasida eng ko’p uchraydigan toifa muddatidan oldin tug’ilgan va sun’iy ozuqalar bilan oziqlantiriladigan chaqaloqlardir.

??Ma’lumki, suyakni to’laqonli shakllanishi uchun fosfor, kaltsiy va ichakda ularni to’g’ri so’rilishi uchun vitamin D kerak.

Ushbu komponentlar bolaning organizmiga oziq-ovqat bilan birga tushadi (ona suti, tuxum, baliq, sabzavotlar, va hokazo),

☀️Vitamin D esa shuningdek quyosh nuri ta’sirida teri ostida ham ishlab chiqariladi.

??Yangi tug’ilgan chaqaloqlar hayotga kaltsiy, fosfor va vitamin D zaxirasi bilan birga keladi (bu moddalar bolaning ona qornidagi hayotining so’nggi haftalarda faol to’plana boshlaydi, albatta agar ona to’g’ri va muntazam ovqatlansa va quyosh ostida yursa), shuning uchun bola hayotining 1-2 oyida suyaklar normal rivojlanadi.

????Keyinchalik bola tez o’sib-rivojlanishi va zaxiralarning tugashi natijasida bolalar tanasi ko’proq «qurilish» materialiga muhtoj bo’ladi.

‼️ Agar bu ehtiyoj qondirilmasa, kaltsiy va fosfor bola suyaklaridan yuvila boshlaydi.

Оставьте комментарий