Mevalarni kimyoviy moddalardan tozalash

DO`STLARGA ULASHING:

Mevalarni kimyoviy moddalardan tozalash

?Yirik mevalarni alohida yuvish kerak. Masalan, oddiy suv ostida olma yuvamiz. Keyin ozgina soda olib, soda butunlay eriguncha olma ustiga surtiladi. Keyin mevalarni yaxshilab yuvamiz.

?Agar mevalar kichik bo‘lsa va har bir mevani qayta ishlash juda ko‘p vaqt talab qilsa, soda eritmasini tayyorlash mumkin: 1 choy qoshiq soda 1 litr suvda eritiladi. Eritmaga mevalarni 2 daqiqaga botirib, keyin oqadigan suv bilan yaxshilab yuvib tashlanadi.

?Soda yordamida quritilgan mevalar tarkibidagi konservantlardan ham xalos bo‘lish mumkin. Buning uchun avval ularni sovuq suvda yuviladi. Keyin ularni 1 stakan iliq suvga 1 choy qoshiq soda solamiz. Mevalarni tayyor eritmada 20 daqiqa davomida saqlanadi. Keyin oddiy suv bilan yaxshilab yuvib tashlanadi.

@taomlanish_ilmi

Оставьте комментарий