Saidakbar Xolmatov — Layli

DO`STLARGA ULASHING:

Saidakbar Xolmatov — Layli Текст 

Sen ham mendek alamlarni yutmadingmi?
Menga yana zarda qilib ketmadingmi?
Shuncha kutgan yana biroz kutmadingmi,
Layli, Layli?

Yo`llaringni kutmoqni ham bilmabman hech,
Qo`llaringdan tutmoqni ham bilmabman hech,
Boy beribman muhabbatim, yutmabman hech,
Layli, Layli.

Layli, Layli-Layli,

Unutolmay seni hamon, o`ylab yurak og`riydi-ya.
Layli, Layli-Layli,
Jamolingga bir bor to`yib termulsam ham maylidi-ya. (x2)

Sevgimizni tutar edik pinhonalar,
Kerakmasdi Layli-Majnun afsonalar.
Meni tashlab ketding, to`ldi paymonalar,
Layli, Layli.

Kuyganimdan foyda yo`qku, bilaman ham,
Taqdirga tan beramanni qilaman haq.
Unutdim deyman-u eslab turaman ham,
Layli, Layli.

Layli, Layli-Layli,
Unutolmay seni hamon, o`ylab yurak og`riydi-ya.
Layli, Layli-Layli,
Jamolingga bir bor to`yib termulsam ham maylidi-ya. (x2)

Оставьте комментарий