BOG’CHA OPAMIZ

DO`STLARGA ULASHING:

BOG’CHA OPAMIZ
??????
Shirindir har bir so’zi,
Chaqnab boqadi ko’zi,
Aytaymi kimdir o’zi,
Bizning bog’cha opamiz.
??????
Kutar har kuni tongdan,
Sevadi bizni jondan,
Qolishmas onajondan,
Bizning bog’cha opamiz.
??????
Ko’plab ertak so’zlaydi,
Baxtimizni ko’zlaydi,
Yosh bo’lsak-da sizlaydi,
Bizning bog’cha opamiz.
??????
Sira tortmaymiz bo’yin,
Sevamiz raqs, kuyin,
O’ynatar turli o’yin,
Bizning bog’cha opamiz.
??????
O’g’il-qizmiz — ko’rkam bog’,
Orzumiz go’yoki tog’,
Doimo bo’lsinlar sog’,
Bizning bog’cha opamiz.
??????
✍️ RO’ZIMUROD BOLQIYEV
Mirzacho’l tumani

Оставьте комментарий