Sardor Mamadaliyev — Umr

DO`STLARGA ULASHING:

Sardor Mamadaliyev — Umr 

Umr – yo`ldir, chang-u, tor,
Chohlaridan qochinglar.
Har qadamda bor devor,
Ko`zni katta ochinglar. (x2)

Bu yo`llarda uchragay
Goh bo`ri, goh tulkilar.
Birov tepmoq bo`ladi,
Yana birov turtkilar. (x2)

Umr – yo`ldir, chang-u, tor,
Chohlaridan qochinglar.

Har qadamda bor devor,
Ko`zni katta ochinglar. (x2)

Nomard ko`pdir bu yo`lda,
Mard – anqoga barobar.
Biroq kimni izlasa,
Topar albat birodar. (x2)

Umr – yo`ldir, chang-u, tor,
Chohlaridan qochinglar.
Har qadamda bor devor,
Ko`zni katta ochinglar. (x2)

Yaxshi qiling niyatni,
Atri ro`yo sochilgay.
Durust cherting, har yopiq
Darvoza ham ochilgay. (x2)

Umr – yo`ldir, chang-u, tor,
Chohlaridan qochinglar.
Har qadamda bor devor,
Ko`zni katta ochinglar. (x2)

Оставьте комментарий