Jaloliddin Ahmadaliyev Charchadim (qo`shiq matni)

DO`STLARGA ULASHING:

Hayotingda bormanmi, bilib bo‘lmaydi
Eskirgan yozuvdek o‘chib ketyapman
Avvalgidek endi ko‘ngling to‘lmaydi
To‘lmagan ko‘nglingdan ko‘chib ketyapman

Qalbingda aylanib qoldim mehmonga
Muhabbat sig‘madi sensiz vijdonga
Dardlarimni joylab bir chamadonga
Suymagan ko‘nglingdan ko‘chib ketyapman

Xatolardan charchadim
Yolg‘onlardan charchadim
Charchadi yuragim
Charchadi yuragim
Yuragim, yuragim

Xiyonatdan charchadim, Onajon
Yolg‘onlardan charchadim, Onajon
Charchadi yuragim
Charchadi yuragim
Yuragim, yuragim

Dengizlar tomonga boshimni olib
Ketaman, sabr qil, izsiz yo‘qolib
Javobsiz sevgimni oldimga solib
Suymagan ko‘nglingdan ko‘chib ketyapman

Yaralar, gumonlar qalbim yaralar
Kun kelar sochimga oqlar oralar
Har kuni ortimdan meni qoralar
Sevmagan ko‘nglingdan ko‘chib ketyapman

Xatolardan charchadim
Yolg‘onlardan charchadim
Charchadi yuragim
Charchadi yuragim
Yuragim, yuragim

Xiyonatdan charchadim, Onajon
Yolg‘onlardan charchadim, Onajon
Charchadi yuragim
Charchadi yuragim
Yuragim, yuragim, yuragim

Yuragim

Оставьте комментарий