Shaurma

DO`STLARGA ULASHING:

Kerakli mahsulotlar: 150 gr. mol go‘shti, 80 gr. karam, 1 dona sabzi, 80 gr. smetana, 2 osh qoshiq ketchup, 2 osh qoshiq moyonez, 1 choy qoshiq o‘simlik yog‘i, 1 dona lavash xamiri, ko‘kpiyoz, ko‘katlar va ta’bga ko‘ra tuz.

Tayyorlanishi: shaurma ichiga solinadaigan masalliq uchun karamni qalamcha shaklida to‘g‘rab, sabzini esa yirikroq qirg‘ichdan chiqariladi. Ko‘kpiyoz va ko‘katlarni maydalab to‘g‘rab, o‘simlik yog‘i va tuz bilan aralashtiraladi. Gaz pechida pishirib olingan go‘shtni mayda somoncha shaklida to‘g‘raladi, so‘ngra sous uchun ketchup va mayonezni aralashtirib olinadi. Lavash xamiri yoyilgach ustidan dastlab sous, keyin masalliqlar yoyib chiqiladi. So‘ngra sous quyilib, xamir o‘ralgach, mikroto‘lqinli pechda 15 daqiqa davomida pishirib olinadi.

Yoqimli ishtaha!

 

BEGOYIM

soglom.uz/tavsiya/shaurma/

Оставьте комментарий