Shokoladli tvorog

DO`STLARGA ULASHING:

Zarur mahsulotlar: 150 gr. un, 3 dona tuxum, 100 gr. shakar, 100 gr. qora shokolad, 3 osh qoshiq kakao, 2 osh qoshiq kraxmal, 130 gr. sut, vanilin, qabartirgich.

Koptokchalar uchun: 250 gr. tvorog, 3 osh qoshiq un, 1 dona tuxum, 50 gr. shakar, 40 gr. kokos qirindisi.

Glazur uchun: 100 gr. qora shokolad, 20 gr. asal, 15 sariyog‘, 40 ml. sut.

Tayyorlanishi: idishga tvorog, kokos qirindisi, shakar, tuxum solib, quyuq qorishma hosil bo‘lgunga qadar aralashtiriladi. Undan yong‘oqdek kattalikda koptokchalar yasab, maxsus pirog idishiga yog‘ surtib, terib chiqiladi.

Alohida idishga un, kraxmal, qabartirgich, kakao, vanilin, shakar solib, aralashtiriladi. So‘ngra shokolad va sutni eritib olib, xona haroratida sovutishga qo‘yiladi. Tuxum sarig‘i oqidan ajratib, sarig‘iga shakar solinadi va shokoladli aralashmaga qo‘shib, oz-ozdan un solgan holda aralashtiriladi.

Ko‘pirtirilgan tuxum oqini shokoladli aralashmaga qo‘shib, asta-sekin qorishtiriladi. Tayyor bo‘lgan massani koptokchalar ustiga solib, qizigan gaz pechiga 180 daraja issiqlikka 35-40 daqiqaga qo‘yiladi.

Pirog pishgunga qadar glazur tayyorlab olinadi. Buning uchun shokolad, sariyog‘, asal va sut bug‘ yordamida eritib olinadi. Tayyor bo‘lgan glazurni pirog ustiga bir tekisda surib chiqiladi.

 

BEGOYIM

soglom.uz/tavsiya/shokoladli-tvorog/

Оставьте комментарий