Smartfondan SIM-kartasiz qo‘ng‘iroq qilish mumkinmi yoki favqulodda qo‘ng‘iroqlar nima?

DO`STLARGA ULASHING:

Smartfondan SIM-kartasiz qo‘ng‘iroq qilish mumkinmi yoki favqulodda qo‘ng‘iroqlar nima?

Smartfondan qo‘ng‘iroq qilish va SMS-xabar yuborish uchun SIM-karta kerakligini hamma biladi.
Lekin biror bir operator tarmog‘iga ulanmasdan yoki hatto SIM-kartasiz qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin bo‘lgan raqamlar mavjud. Bu favqulodda telefon raqamlari: dunyoning ko‘plab mamlakatlari, shu jumladan O‘zbekiston uchun — 112, AQSHda — 911.
112 xizmatining asosiy vazifasi muammoga duch kelgan va yordamga muhtoj bo‘lganlarga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatishdan iborat.

112 raqami GSM standartidagi telefonlarning barchasida mavjud va qurilmada mablag‘, SIM-karta yoki ma’lum bir operator tarmog‘i bo‘lishini talab qilmaydi. Hatto smartfon ekrani qulflangan (parol o‘rnatilgan) holatda ham, favqulodda chiqish qo‘ng‘iroqlarini amalga oshirish mumkin.

Bu qanday ishlaydi?
112 raqamni terganingizdan so‘ng, telefon operatoringizga signal yuborishga harakat qiladi va urinish muvaffaqiyatsiz bo‘lsa, uni mavjud tarmoqlardan biriga yo‘naltiradi.
Masalan operatoringiz UzMobile va unda tarmoq mavjud bo‘lmasa, telefon boshqa barcha GSM operatorlar (Ucell, Beeline, Mobiuz) tarmog‘i orqali qo‘ng‘iroq qilishga urinib ko‘radi.

SIM-kartasiz favqulodda raqamga qo‘ng‘iroq qilsangiz ham, operator telefoningiz unikal raqamini (IMEI) ko‘radi va shaxsingizni aniqlay oladi. Ya’ni qo‘ng‘iroq mutlaqo anonim emas.

Shunday qilib, 112 raqamini terganingizda, sizga eng yaqin tezkor boshqaruv markazining dispetcheri javob beradi va agar kerak bo‘lsa, boshqa favqulodda yordam xizmatiga yo‘naltiradi (101, 102, 103, 104). Bunday qo‘ng‘iroqlar bepul hisoblanadi.

Оставьте комментарий