Billi Aylish haqida

DO`STLARGA ULASHING:

#Billi_Aylish

Siz yuqorida koʻrib turgan inson dunyoning eng mashhur va eng yosh isteʼdodli xonandalaridan biri Billi Aylish hisoblanadi. 19 yoshli qoʻshiqchining boyligi hozirda 53 million AQSh dollarini tashkil qilmoqda (https://www.capitalfm.com/news/billie-eilish-net-worth/).

Billi Aylish — qoʻshiqchi va qoʻshiq yozuvchi 2001-yilning 18-dekabrida AQShʼning Kaliforniya shtatida tugʻilgan. Oilasida kichik farzand boʻlib, uning bir nafar akasi bor. Otasi aktyor, onasi esa aktrisa.

Oʻzining alohida va ajoyib yoʻnalishiga ega yosh xonanda koʻplab rekordlarni ayamay buzib tashlagan (https://www.insider.com/billie-eilish-records-broken). U bir yil ichida “Grammy Award” da 4 yoʻnalishda nomzodlikka qoʻyilib, ularning hammasida mukofotni qoʻlga kiritgan (https://www.insider.com/billie-eilish-records-broken).

Billi ingliz tilida kuylovchi xonandalar ichida hisiyotlarni eng zoʻr yetkazib beruvchi xonanda desak mubolagʻa boʻlmaydi. U qoʻshiq aytganda tanalaringiz titrab ketishi aniq.

Hali 20 yoshga toʻlmagan qoʻshiqchi haqida yana batafsil maʼlumotlarni berib boramiz. Qoʻshiqlarini eshitib koʻring!

💬Billi Aylishʼni bilarmidingiz?

Оставьте комментарий