Chaqaloqlarda tish chiqish jarayoni xaqida

DO`STLARGA ULASHING:

CHAKALOKLARDA TISH CHIKISH JARAYONI XAKIDA 🔎
Chaqaloqlarda 1 yoshgacha 8 ta sut tishi chiqib bo’lishi kerak. Bu holat norma hisoblanadi.
TISH CHIQA BOSHLAYOTGANINI CHAQALOQ ONASI QANDAY BILIB OLISHI MUMKIN.
Tishlar chiqayotganda bolalarda quyidagi o’zgarishlar uchray boshlaydi:
1⃣ Tana harorati ko’tariladi.
2⃣ Uyquchanlik kuzatiladi
3⃣ Burun bitishi(So’lak ajralishi hisobiga)
4⃣ Oshqozon ichak tizimida o’zgarishlar.
5⃣ Injiqlik, notinchlik, yig’loqilik, uyqu buzilishi.
6⃣ Milklarda shish va qizarish, og’riq hissi
7⃣ So’lak ajralishining ko’payishi.
8⃣ Ishtahaning pasayishi, isitma chiqishi
9⃣ Milklarning qichishishi, to’g’ri kelgan narsani tishlash.
1⃣0⃣ Xirillash,yo’tal (So’lak ajralishi hisobiga tomog’iga tiqilishidan kelib chiqadi.)
1⃣1⃣ Qo’zg’aluvchanlikning ortishi, bolakayda injiqlik
1⃣2⃣ Ich kelishining buzilishi, ich ketishi
1⃣3⃣ Milklarda kuchli og’riq hissi (Tishlar yorib chiqishi tufayli)
1⃣4⃣ Milkdagi og’riq quloq yonoq va burun sohasiga tarqalishi.
SUT TISHLARI KECHIKISHIGA QUYIDAGI OMILLAR SABAB BO’LADI:
1⃣ Raxit kasalligi — D vitamini o’zlashtirilishining kamayishi, natijada organizmda kalsiy elementi kamayib ketadi. To’qimalar o’sishi va rivojlanishi sekinlashadi. Shu sababli tishlar rivojlanishi ham kechikadi.
2⃣ Adentiya- Bu tug’ma kasallik bunda tishlar o’zagi butunlay bo’lmaydi. Bu kasallikda tishlar chiqmaydi. Bu kasallik bor yoki yo’qligini rentgenografiya qilish orqali aniqlanadi.
3⃣ Embrionda tish o’zagi homiladorlikning 6-7- haftasida rivojlanadi. Bu vaqtda hatto ona homilador ekanligini ham bilmasligi mumkin. Homiladorlik davrida ona o’zini ehtyot qilishi zarur.
TISHLAR CHIQISH KETMA KETLIGI QUYIDAGICHA:
Kurak tishlar ⏩ oziq tishlar ⏩ qoziq tishlar
Bola 3 yosh bo’lganida 20 ta sut tishi chiqib bo’lgan bo’lishi kerak.
POLIODONTIYA-Organizmda mutatsion jarayon natijasida sodir bo’ladi. Bunda tish o’zagining haddan ziyod ko’p sonda rivojlanishi. Bu kasallik bilan chalingan bolada maksimal 230 ta tish o’zagi rivojlanganligi aniqlangan. Bu holatda ham ona homiladorlik vaqtida o’zini ehtyot qilishi kerakligi takidlab o’tiladi.
BOLA ORGANIZMI ILK TISHLARGA QANDAY TA’SIRLANADI ?
-Bola organizmi bu jarayonda zo’riqadi.
-Bu vaqtda bolada immun tizimi zaiflashadi.
SUT TISHLARI CHIQAYOTGANIDA BOLAGA QANAQA PREPARATLAR ISHLATISH MUMKIN.
👉 KOLGEL- Yengil og’riq qoldiruvchi ta’sirga ega, shirin ta’mga ega, kuniga 6 mahal qo’llash mumkin. Tarkibi lidokain. Ayrim hollarda allergik reaksiya kelib chiqishi mumkin. Gel ko’rinishida chiqariladi.
👉 SOLKOSERIL- Milklarda ochiq yaralar bitishida yordam beradi. Gel ko’rinishida chiqariladi. Kuniga 2 mahal qo’llaniladi.
👉 DENTINOKS — Og’riq qoldiruvchi va yallig’lanishga qarshi ta’sir ko’rsatadi.
Tarkibi lidokain va romashka. Gel, tomchi ko’rinishida chiqariladi. Kuniga 3 mahal qo’llaniladi.
👉 XOLISAL- Yallig’lanishga qarshi. 3 mahal ishlatiladi.
👉 BEBI DOKTOR — og’riq qoldiruvchi va yallig’lanishga qarshi.
👉 DENTINORM BEBI — yallig’lanishga qarshi, og’riq qoldiruvchi, ovqat hazm qilishni yaxshilaydi.
👉 KAMISTAD BEBI-Ogriq qoldiradi, yallig’lanishga qarshi. Kuniga 2-3 mahal surtiladi.
Dorilar haqida to’liq ma’lumotlarni @Dorilar1 kanalida kuzatib boring
Tishlar chiqayotganida romashka eritmasi bilan artib turish tafsiya etiladi. Og’iz bo’shlig’i gigiyenasiga etibor qilish zarur.
Kanalga ulanish ⤵️
@Bolalarshifokori1

Оставьте комментарий