Soch to’kilishini to’xtatamiz!

DO`STLARGA ULASHING:

Ayollarga ko’rkamlik baxsh etuvchi bezak – sochlardir. Ular sog’lom jilokor va mustaxkam bo’lishi juda yaxshi, biroq bunday bo’lmasa nima qilish kerak? Shuni bilish joizki, aynan sochlarning o’sishiga javob beruvchi soch folikulalarining poydevori embrional rivojlanishning 2-3 oyidayoq boshlanadi. Biz dunyoga kelganimizda boshimizda mayin tuklar bo’ladi va ular bir necha marotab o’zgaradi. Inson hayoti davomida eng qalin va mustaxkam sochlar odatda o’smirlik davrida bo’ladi. Yosh kattalashgach, sochlarning o’sish tsikli qisqaradi va borgan sari ingichkalashib, asta sekinlik bilan rangi o’zgaradi, mustaxkamligini yo’qotadi hamda sekin o’sadi. Noto’g’ri ovqatlanish yoki infektsiyalar kabi jiddiy qoida buzilishlari sochlar distrofiyasi hamda ularning to’kilishini keltirib chiqaradi. Eng avvalo sochlarni atrofdagi turli zararli ta’sirlardan asrash va qo’shimcha oziqlantirish kerak. Sochlarning to’kilish muammosini maxsus shampun, vitamin-mineralli komplekslar va shu kabi qo’shimcha vositalar yordamida hal qilish o’ziga xos bo’lmagan davo usuli deyiladi. Darhaqiqat, ayrim soch parvarishiga taaluqli vositalar tarkibida foydali va parvarishlovchi komponentlar bo’lib, sochlarga ijobiy ta’sir ko’rsatadi va ularning o’sishini rag’batlantiradi. Vitaminlarning qabul qilinishi ham so’zsiz ijobiy ta’sir ko’rsatishi aniq. Ular zarur bo’lgan moddalar etishmovchiligini to’ldirib follikulalarning oziqlanishini yaxshilaydi. Sochlarning to’kilishiga qarshi mahsus preparatlarni ishlatish ham foydali, dorixonalarda ular retseptsiz sotiladi. Ko’pincha ayollar dorilarni 1-1,5 oy davomida qabul qilib, natijasidan qoniqadilar va shu zaxoti davolanishni to’xtadadilar! Bu katta xato!
Qancha tez bo’lsa shuncha yaxshi. O’sish jarayonida sochlarimiz faol o’sish fazasidan o’tadi, u 8 yilgacha davom etishi mumkin (buni tinchlik davri deyish ham mumkin). Bu vaqtda sochlar ildizdan oziqlanmaydi va umuman unga bog’liq bo’lmaydi. Tinchlik davri ikki oydan besh oygacha davom etishi mumkin va bu vaqt ichida sochlar sezilarli darajada o’zgaradi. Xujayralarni ajralishi sekinlashadi, soch ildizi soch follikulasidan ajraladi, soch bosh terisining yuqorisiga ko’tarilib, to’kiladi. Uning o’rniga ushbu follikuladan yangi soch o’sadi va faol o’sish fazasiga kirishadi. Tinchlik davrida me’yoriy hisobda 15% soch bo’lar ekan. Patologik soch to’kilishi natijasida ularning miqdori 25% gacha  va undan ortiq ko’tariladi. Shuning uchun maxsus ta’sir ko’rsatuvchi preparatlarni sochlarning turg’unlik davridan ko’proq vaqt qabul qilish maqsadga muvofiq — 5 oydan ko’proq. Bunday davomli davolashdan asosiy maqsad – turg’unlik davrini to’xtatib, faol o’sish bosqichini yo’lga qo’yish. Chunki yangi o’sib chiqayotgan soch chiqmasidan turib etarli muolaja olinishi shart. Faqat shu holatdagina davolash samarali bo’lishiga aniq ishonish mumkin.
Sochlar mustaxkamligi. 5-6 ta lavr yaprog’ini bir litr suvga solib 20 daqiqa qaynatib so’ng dokadan o’tkazib olinadi. Bu damlama bilan soch chayilsa sochlar sog’lom va mustaxkam bo’ladi.
Bananli niqob. Ezilgan bananga 1 osh qoshiq suyuq asal qo’shing. Sochingizni yuvgach niqobni 20 daqiqaga surib qo’ying. Boshingizga polietilen shapka kiyib ustidan paxmoq sochiq o’rang. So’ng sochlarni iliq suvda yaxshillab yuving. Ushbu muolajani 2 hafta davomida har kecha qo’llash tavsiya etiladi.
Sochim to’kilmasin desangiz. Kuzda 70 dan 120 gacha soch tolasi to’kilishi kuzatiladi. Sochning o’ziga muolaja qilishdan avval taomnomangizga soch ildizlarini mustahkamlovchi moddalarni qo’shish lozim. Yog’ kislotasiga to’yinmagan ovqatlar sochlarga yaxshi ta’sir qiladi. U zaytun yog’i, zaytun, kungaboqar, qovoq urug’i, baliq, sabzavot va mevalarda bor. Kuzda sochlarni biroz kestirish kerak. Shunda soch piyozchalari kaltaroq sochni tutib turishda qiynalmaydi.

Оставьте комментарий