Stenokardiya xurujida nima qilish kerak?

DO`STLARGA ULASHING:

Stenokardiya xurujida nima qilish kerak?

1. Huruj boshlangan vaqtni belgilab qo‘ying.

2. Qon bosimi, yurak urishlar sonini o‘lchang.

3. Bemor o‘tirishi yoki o‘zi uchun qulay sharoitda bo‘lishi kerak. Jismoniy va ruhiy tomondan imkon boricha tinchlaning yoki tinchlantiring.

4. Toza havo bilan ta’minlang (bo‘ynidagi ko‘ylak tugmalarini bo‘shating, oynani oching).

5. 0,5 mg nitroglitserinni oling. Agar tabletka shaklida bo‘lsa — uni til ostiga qo‘ying,agar sprey shaklida bo‘lsa — tilostiga yoki lunj shilliq qavatiga seping.

6. Koronar arteriya trombozi va yurak xurujining oldini olish uchun asetilsalitsil kislotasini (aspirin 0,25 g) chaynang yoki tabletkani yuting

7. Agar 5 daqiqadan so‘ng aspirin va 1 dona nitroglitserinni qabul qilgandan so‘ng og‘riq butunlay yo‘qolgan bo‘lsa va holat yaxshilangan bo‘lsa, jismoniy faollikni cheklab, vrach kelishini kutishingiz kerak.

8. Agar og‘riq 5 daqiqadan ko‘proq davom etayotgan bo‘lsa, ikkinchi marta nitroglitserin tabletkasini til ostiga qo‘yish va shoshilinch tez yordam chaqirish kerak.

9. Agar og‘riq ikkinchi tabletka nitroglitserindan keyin ham pasaymayotgan bo‘lsa uchinchi tabletkani til ostiga qo‘yish va tez yordam kechikayotgan bo‘lsa o‘zingiz shoshilinch ravishda ilojini qilib shifoxonaga borishingiz shart.

✍️ @doctor_Muminov

Оставьте комментарий