SUBSIDIYA OLISH UCHUN ARIZA TOPSHIRISH MUDDATI.

DO`STLARGA ULASHING:

SUBSIDIYA OLISH UCHUN ARIZA TOPSHIRISH MUDDATI.

⚡️SAVOL;
Men uy-joy uchun subsidiya olmoqchiman. Subsidiya olishga ariza topshirishning muddati bormi yoki hoxlagan vaqtda topshirishim mumkinmi ?

⚡️JAVOB;
Prezidentning 11.03.2021 yil kuni PF-6186-son farmoniga asosan, Hukumatning 23.08.2021 yil kuni 537-son qarori bilan, Vazirlar Mahkamasining 25.03.2020 yil kungi 182-son qaroriga ilova sifatida keltirilgan «Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risida» gi nizomga o‘zgartirish kiritildi.

✅ Yuqoridagi asoslar bo‘yicha kiritilgan o‘zgarishga ko‘ra, joriy yildan boshlab uy-joy uchun subsidiya olishga ariza topshirish yil davomida amalga oshirilishi mumkinligi belgilandi.

✏️ Avvallari subsidiya uchun ariza topshirish muddati yilning 1 martidan 1 oktabriga qadar etib belgilangan edi. Endi unday cheklov yo‘q. Yangi yildan keyingi yangi yilgacha zelyoniy. Xoxlasangiz arizani september da topshiring, xoxlasangiz november da topshiring farqi yo‘q. Dam olish kunlari topshirmasangiz bo‘ldi…

Оставьте комментарий