Sut tishlari chiqayotganda

DO`STLARGA ULASHING:

Ilk sut tishlari aslida goʼdakning olti oylik davridan chiqa boshlaydi. Аmmo tishi bilan tugʼilgan yoki olti oydan ilgari tishlari chiqqan bolalar ham bor. Bunday holatlar tishlar uchun kerakli moddalarning koʼpayib ketishi natijasida yuzaga keladi.
Tishning oldin yoki keyin chiqishi u qadar muhim ahamiyatga ega emas. Yosh bolalarda kattalardan farqli oʼlaroq 20 ta – yuqorida oʼnta, pastda oʼnta (chapda va oʼngda 5 tadan )tish boʼladi. Ularning ikkitasi kesuvchi, bitta qoziq va ikkita katta oziq tishlaridir. Sut tishlarining birinchi almashinish davri olti yoshdan boshlanib, oʼn ikki yoshgacha davom etadi. Oʼn bir yoshida eng oxirgi – yettinchi tishlari chiqadi. Oʼn ikki yoshda doimiy tishlarning hammasi chiqib boʼladi.
Milkni yorib ogʼriq beradi
Sut tishlarining chiqayotgan paytda bola feʼl-atvori oʼzgaradi. Tishning milkni yorib chiqish jarayoni qiyinroq kechgani sababli tana harorati koʼtarilib, ogʼriq berishi mumkin, baʼzilarda ich ketish hollari kuzatiladi. Bu davrda bola hamma narsani ogʼziga solishga harakat qiladi.
Bolani turli infektsiyalardan asrash maqsadida unga tishlar uchun maxsus rezina oʼyinchoqlar olib berish lozim. Oʼynab boʼlgach, oʼyinchoqlarni yaxshilab yuvib, iloji boricha qaynoq suvda tozalab qoʼyilsa maqsadga muvofiq boʼladi.
Kichkintoyning tishlarini kariesdan asrash kerak. Tishlar vaqtida tozalab turilsa karies yuzaga kelmaydi. Аksincha, tishini yuvmasa, bitta shokolad yesa ham kariesga chalinaveradi. Kariesni keltirib chiqaruvchi sabablar juda koʼp. Masalan, koʼpincha tish egatchalaridagi ovqat qoldiqlaridagi polisaxaridlar soʼlak tarkibidagi pitialin moddasining taʼsirida parchalanib, monosaxaridlarga aylanadi va mikroblar taʼsirida bijgʼib, kislota hosil qiladi. Kislota esa tish emalini yemira boshlaydi. Emalь yemirilgach, denting karies boshlanadi. Kislotalar hosil qiluvchi bakteriyalar emal dentingning tuzini eritib, nuqson paydo qiladi. Keyin esa ogʼiz boʼshligʼida zamburugʼlar ajratib, organik moddalarni parchalab tashlaydi.
Shuningdek, organizmda tishning emalь, denting kabi qatlamlari shakllanayotganda vitaminlar va kerakli moddalar yetishmasligi natijasida ham karies kelib chiqadi. Yaʼni organizm oʼsayotgan paytda undagi endogen oʼzgarishlar natijasida tish hujayralarining hosil boʼlish holati buziladi. Bunday omillarni hisobga olgan holda bola tishlarining oʼsishiga alohida eʼtibor qaratsangiz, uning oʼsib kelayotgan doimiy tishlarida hech qanday muammo boʼlmaydi.
Parvarishlanmasa, kasallanadi
Mabodo, bola tishlarini yaxshi parvarishlamay, kasallansa ham, vaqtida shifokorga murojaat etilmasa, bolada pereostit va osteomielit kelib chiqishi mumkin. Bolalarda hamma jarayonlar juda tez sodir boʼlishi natijasida qisqa muddatda yiring boʼshliqlarga oʼtib ketish hollari ham kuzatiladi.
Homiladorlikning 3-oyidan boshlab 5-6 oyigacha sut tishlarining murtaklari rivojlanadi. Bu paytda bola organizmi kalьtsiyga muhtoj boʼlgani sababli ona kalьtsiyga boy mahsulotlardan isteʼmol qilmogʼi shart. Аgar ona organizmi orqali bolaga zarur miqdorda kalьtsiy yetkazib berilmasa, u holda bola onaning oʼzidan (tishidan yo suyaklaridan) kalьtsiyni oʼzlashtirib oladi. Natijada onaning tishlari sekin-asta kariesga chalinib, yorilib ketaveradi.
Baʼzilarda sut tishlari saqlanib qoladi. Аsosan qoziq tishlarida doimiy tish boʼlmagani sababli ildiz soʼrilmay, sut tishlari qolib ketishi mumkin. Shu bilan birga, ona qornida tish murtagi rivojlanmagan yoki kalьtsiy yetishmovchiligi boʼlganda bunday holat kuzatiladi. Аmmo meʼyoriy holatda tishning murtagi bosim hisobiga ildizni yemirib-emirib, doimiy tishlar chiqadi.
Maslahatimiz shuki, farzandingizni kuniga kamida ikki mahal tish yuvishga oʼrgating. Bolalar hoʼl mevalar, ayniqsa nok, olma va sabzini koʼproq isteʼmol qilishsin. Nok va olma bola tishini juda yaxshi tozalaydi va mustahkamligini saqlaydi.
Zaynab VАLIEVА, stomatolog shifokor.

Оставьте комментарий