TЕSTOSTЕRONNI KO‘PAYTIRISH MUMKINMI?

DO`STLARGA ULASHING:

TЕSTOSTЕRONNI KO‘PAYTIRISH MUMKINMI?

👱‍♂ Erkaklar gormoni bo‘lmish testosteron erkaklarning nafaqat jinsiy a’zolar faoliyatiga, balki uning jismonan sog‘lom tuzilishiga mas’ul hisoblanadi. Bundan tashqari, mazkur gormon kuchli jins vakillarining o‘z maqsadlari yo‘lida qat’iy kurashishiga, stress bilan bog‘liq muammolarni chetlab o‘tishiga yordam beradi.

☝️🏼 Biroq 35 yoshdan keyin erkak organizmidagi mazkur gormon ishlab chiqarilishi yiliga tahminan 1 foizdan kamaya boradi. Bu jarayonni to‘xtatib bo‘lmaydi. Ammo sekinlashtirish mumkin. Buning uchun quyidagi tavsiyalarga amal qilish kerak.

🌝 Quyosh nurida toblanish. D vitamini erkak jinsiy gormonlarning ishlab chiqarilishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Albatta toblanishning ham o‘z me’yorlari borligini unutmang.
Jismoiny mashg‘ulot erkaklar hamrohiga aylansin. Muntazam olib borilgan jismoniy mashg‘ulotlar testosteron gormonini oshirishga yordam beradi. Sharti organizmni zo‘riqtirmaslik kerak.

😠 Asabiylashmang. Stress va asabiy holatlar organizmdagi testosteron gormoni ishlab chiqarilishini tormozlovchi kortizol moddasining hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

👩‍❤️‍💋‍👨 Jinsiy munosabatlar. Muntazam olib borilgan jinsiy yaqinlik testosteron gormoni ishlab chiqarilishiga ijobiy ta’sir qiladi. Qolaversa, buning natijasida hosil bo‘lgan «baxt» gormoni erta qarishning oldini oladi.
Profilaktika maqsadida androlog ko‘rigidan o‘tib turish zarur.

💪🏼 Kuchlilar uchun parhez
Erkak organizmida testosteron gormoni me’yorda bo‘lishi uchun ovqat ratsioni oqsil (hayvon va parranda go‘shti), yog‘ (zaytun yog‘i, baliq mahsulotlari, yong‘oq) va vitaminlarga boy bo‘lishi kerak. Xususan, erkak ovqati V guruhi (yorma), Ye va A vitaminlariga (sabzi, oshqovoq, jigar) mo‘l bo‘lishi juda ahamiyatlidir.

@doridarmonlar

Оставьте комментарий