Mazali salat

Zarur masalliqlar: 3 dona o‘rtacha kattalikdagi kartoshka, 4 dona tuxum, 2 dona o‘rtacha kattalikdagi sabzi, 1 bog‘ ko‘k piyoz, 400 gr tovuq jigari. Tayyorlanishi: qaynatilgan kartoshka va tuxum mayda qilib to‘g‘raladi. Sabzi piyoz bilan aralashtirib qovuriladi. Tovuq jigari ham alohida qovurib olinadi. Kartoshka, tuxum, jigar va sabzi ketma-ketlikda mayonez surib, qavatma-qavat taxlab chiqiladi. Yoqimli ishtaha! Xurshidabonu soglom.uz/tavsiya/mazali-salat/

Mazali salat Читать дальше »