Tamaraxonim (Tamara Artyomovna Petrosyan)

Xoreografiya va raqs san'ati asoslari (E.Saitova, N.Abraykulova) Tamaraxonim (Tamara Artyomovna Petrosyan) (1906-y. -  1991-y.) Tamara Artyomovna Petrosyan 1906-yilda Farg‘ona  shahrida  ishchi  arman  oilasida  dunyoga kelgan.  0 ‘zbek  diyorida  tug'ilgan  arman  qizi  o‘zbek xalqi  san’atini  yaxshi  bilgan,  o‘z  iste'dodi  va zahmatli  mehnati bilan boyitgan va dunyoga tanitgan buyuk  san'atkordir.  0 ‘zbek  sahna  san'atini  oyoqqa  qo‘yishda ko‘pgina  qiyinchilik,  to‘siqlar,  sinovlarga  duch  kelinishiga  qaramay, 1920-yilda  xalq  ashulachisi  Muhiddin  Qoriyoqubov  tashkil  qilgan ansamblda  ayollardan  faqat  Tamaraxonim  bor  edi.  Ancha  yosh boMishiga qaramay vokal,  raqs, musiqa san'atidan ustozlari Muhiddin 34 www.ziyouz.com kutubxonasi Qoriyoqubov,  Usta  Olim  Komilov,  Yusufjon  Qiziq  Shakarjonov, To‘xtasin  Jalilov,  Jo‘raxon  Sultonov,  Xojisiddiq  Islomov  kabi  mohir san’atkorlardan  saboq  oldi.  Shu  yillardan  boshlab  Tamaraxonim musiqali drama spektakllarida drama artisti, qo‘shiqchi, raqqosa boTib…

Продолжить чтениеTamaraxonim (Tamara Artyomovna Petrosyan)