Tamaraxonim (Tamara Artyomovna Petrosyan)

DO`STLARGA ULASHING:

Xoreografiya va raqs san’ati asoslari (E.Saitova, N.Abraykulova)
Tamaraxonim
(Tamara Artyomovna Petrosyan)
(1906-y. —  1991-y.)
Tamara
Artyomovna
Petrosyan
1906-yilda
Farg‘ona  shahrida  ishchi  arman  oilasida  dunyoga
kelgan.  0 ‘zbek  diyorida  tug’ilgan  arman  qizi  o‘zbek
xalqi  san’atini  yaxshi  bilgan,  o‘z  iste’dodi  va
zahmatli  mehnati bilan boyitgan va dunyoga tanitgan
buyuk  san’atkordir.  0 ‘zbek  sahna  san’atini  oyoqqa  qo‘yishda
ko‘pgina  qiyinchilik,  to‘siqlar,  sinovlarga  duch  kelinishiga  qaramay,
1920-yilda  xalq  ashulachisi  Muhiddin  Qoriyoqubov  tashkil  qilgan
ansamblda  ayollardan  faqat  Tamaraxonim  bor  edi.  Ancha  yosh
boMishiga qaramay vokal,  raqs, musiqa san’atidan ustozlari Muhiddin
34
www.ziyouz.com kutubxonasi

Qoriyoqubov,  Usta  Olim  Komilov,  Yusufjon  Qiziq  Shakarjonov,
To‘xtasin  Jalilov,  Jo‘raxon  Sultonov,  Xojisiddiq  Islomov  kabi  mohir
san’atkorlardan  saboq  oldi.  Shu  yillardan  boshlab  Tamaraxonim
musiqali drama spektakllarida drama artisti, qo‘shiqchi, raqqosa boTib
ishtirok  etib,  har  bir  obrazda  o‘zining  bor  talanti,  g‘ayrati  orqali
san’atga butun vujudi bilan berilganini ko‘rsatdi.  1924-yildayoq  unga
«birinchi Sharq qaldirg‘ochi» deb ta’rif berildi.
Tamaraxonim  ko‘pqirrali  iste’dod  sohibasi  sifatida  baletmeys-
terlik mahoratini ham  ko’rsata oldi.  Farg‘ona raqs uslubidan tashqari,
o‘ziga  hos  tarixi,  jozibasi  bilan  Tamaraxonimni  o‘ziga  rom  etgan
Xorazm  qo‘shiq  va  raqs  san’atini  xam  chuqur  o‘rganishga  kirishdi.
Natijada,  1935-yilda Londonda boTib o‘tgan  birinchi halqaro raqsi va
musiqa  san’ati  festivalida  jahonga  nomaTum  boTgan  o‘zbekning
o‘ziga  hos  san’atini  namoyish  qilib,Usta  Olim  Komilov  bilan  oltin
medalga  sazovor  boTdilar.  1937-yilda  Moskvada  boTib  o‘tgan
birinchi  o‘zbek  san’ati  dekadasida  milliy  raqslami  sahnalashtiruvchi
baletmeyster ekanligini  yana bir bor tasdiqladi.  0 ‘zbek raqs  san’atini
yanada  rivojlantirishda  faol  ishtirok  etdi.  Navoiy  nomidagi  teatr
sahnasida  birinchi  o‘zbek  balet  spektaklini  yaratdi.  Ye.Brusilevs-
kiyning  musiqasi  asosida  «Gulandom»  baletini  yaratib,  librettoning
muallifi,  baletmeysteri  va  bosh  rol
ijrochisi  ham  boTdi.  0 ‘zbek
xoreografiyasini rivojlantirish bilan birga, qo‘shiq va raqsni birgalikda
bogTab olib bordi. U o‘z repertuarlarini turli millat qo‘shiq va raqslari
bilan  toTdirdi.  Qardosh  xalqlaming  ijodini  chuqur  o‘rganib,  o‘zbek
milliy  sozandalar  ansambli  bilan  ijro  etib,  mamlakatning  turli
burchaklariga  qilgan  safarlarida  tomoshabinlami  ana  shu  xalq  ijodi
bilan tanishtirish imkonini yaratdi.
Rossiya,  Ukraina,  Belomssiya,  Gruziya,  Ozarbayjon,  Tojikiston
kabi  respublikalarga  chiqib  tomoshabinlar  va  tinglovchilami  o‘zbek,
qozoq,  tojik,  uyg‘ur,  arman,  tatar,  ozarbayjon,  ras,  ukrain  va  boshqa
shular singari  ko’plab xalq qo‘shiq  va raqslari bilan tanishtirdi.  1941-
yil  boshlangan  II  jahon  urashi  yillarida  front  ortida  ansambl  bilan
ajoyib  qo‘shiqchilik  san’ati  orqali  jangchilaming  jangovor  ruhini
ko‘ratib  ularga  rahiy  madad  boTdi.  Tamaraxonim  G‘arbiy  Yevropa
xalqlari  san’atini  o‘rganib  o‘z  repertuarini  boyitdi.  So‘ng,  Sharq
mamlakatlaridan  Hindiston,  Afg‘oniston,  Indoneziya  va  Pokiston
davlatlariga  borib,  ulami  o‘zbekcha  qo‘shiq  va  raqslar  bilan
tanishtirdi.  Turli  davlatlarga  borib  o‘zbek
san’atini  targ‘ib  qilish
35
www.ziyouz.com kutubxonasi

bilan birga,  o‘sha millat qo‘shiq  va raqslarini to‘plab, milliy kiyimlari
va taqinchoqlarini  olib keldi hamda kolleksioner sifatida yig‘di.
Tamaraxonimning  ijodiy  lobaratoriyasi  jahondagi  86  millatning
qo‘shiq  va  raqslari  bilan  boyidi.  Hozirgi  kunda  Tamaraxonimning uy
muzeyidagi  mukofotlari,  liboslari,  o‘ziga  tegishli  bo‘lgan  tarixiy
hujjatlari,  suratlar,  esdalik  sovg’alari,  gazeta va jumallar  sahifalarida
bosilib  chiqqan  ko‘pgina  taqrizlar,  artistka  nomiga  kelgan  maktublar
kabi  eksponatlar  uning  o‘zbek  san’atida  naqadar  katta  o ‘ringa  ega
ekanligini tasdiqlaydi.  Bu muzey davlatimiz tomonidan  o‘zbek san’a-
ti tarixidan so‘zlovchi, moddiy meros sifatida saqlanib kelinmoqda.
M ukarram a Turg‘unboyeva
(1913-y. —  1978-y.)
M.Turg‘unboyeva  1913-yilda  Farg‘ona  yaqi-
nida,  o‘rtahol  oilada  tug‘ilgan,  otasi  kichkina-
ligidayoq  olamdan  o‘tgan,  onasini  eslaydi.  U
tog‘asini uyida tarbiyalangan.  M.Turg‘unboyevani
kelinoyisining onasi  aw al  xalq  maktabida,  keyin-
chalik  pedagogika  texnikumiga  berib  o‘qittirgan.
Yoshligidan musiqaga ishtiyoqi baland bo‘lgan Mukarrama texnikum-
dagi  bir qancha to‘garaklarga qatnashsada,  ashula va raqs  to‘garagiga
mehri  boMakcha  edi.To‘garak  rahbari  Fotima  YoMdoshboyeva  bosh-
chiligida konsert dasturlarini tuzib, texnikumda har juma kuni konsert
berishgan.
1927-yilda  Etnografik  truppa  bilan  uchrashuv  boMadi.  Ular
o’zlarining  dasturini  namoyish  qiladilar.  Shunda  Tamaraxonim  va
Zuhur  Qobulov
Mukarrama  va  uning  o‘rtog‘i  Halima  Rahimovani
teatrda  ishlash  uchun  birga  ketishni  taklif  qiladi.  Juda  tashvishli
paytlar  boMgani  sabab  ular  botina  olmaganlar.  Tamaraxonim
«Dilxiroj»  raqsini  ijro  etgan.  QoMlari  hasratli  tebranib,  ko‘zlarida
azaliy chuqur qayg‘u aks etgan bu raqsdan keyin, sho‘x  «Usmoniya»
marshiga  raqsga  tushib  ketadi.  Bundan  Mukarrama  qattiq  ta’sirlanib
san’atkor  boMishga  qat’iy  ahd  qilib,  diliga  tugib  qo‘yadi.  1929-yili
Toshmat Qodirov rahbarligidagi to‘garakni  Samarqand va Toshkentga
«gostrol»ga  taklif  qilishdi.  Gostrolga  ketish  oldidan  «Samarqandga
borganda  teatrda  qolaman»,  deb  o‘ziga  maqsad  qilib  qo‘yadi  va
maqsadiga  yetadi.  Samarqandga  yetib  kelib  teatrda  aktrisa  boMib
«yangicha  hayot»  boshlaydi.  Nurxon,  To‘faxon  va  Tursunoylaming
36
www.ziyouz.com kutubxonasi

bosqinchilar  tomonidan  o‘ldirilib  ketilgani  bir
tomondan  yuragiga  havotir solsa,  bir tomondan
| L *  \

.
teatrda  aktrisalik  qilgani,  qo‘shiq  va  raqs  ijro
etishi  unga  dadillik  bahsh  etar  edi.  1929-1933-
yillarda  Birinchi  0 ‘zbek  davlat  musiqali  teatr
studiyasining  aktrisasi  va  o‘quvchisi  bo‘lgan.
0 ‘zbek  raqsidan  Usta  Olim  Komilov,  Tama-
raxonimlardan,  klassik  raqs  bo‘yicha  K.Bek,
YE.Obuxova,  A.Tomskiy,  LArbatovlardan,  vo-
kal  bo‘yicha Sayanov, aktyorlik bo‘yicha M.Muhamedov va S.Eshon-
to‘rayevalardan  saboq  olgan.  Ilk  rollarida  Holjon  xola,  Fazilatning
onasi, Yosuman, Yalmog‘iz bonu kabi kampirlar obrazini, keyinchalik
Osiyo,  Zebo,  Anorxon,  Asalxon,  Paxtaoy,  Dilbar,  Manija,  Oqbilak
kabi ko‘plab yosh qizlaming obrazlarini yaratadi.
Shu  bilan  birga  Usta  Olim  Komilov  va  Tamaraxonim
sahna-
lashtirgan  «Zang»,  «Buxorocha»,  «Iroq  ufori»,  «Eroncha»,  «Layli  va
Majnun»  kabi  ommaviy  raqslarda,
«Duchava»,  «Katta  o‘yin»,
«Usmoniya»,  «Sadr»,  «Qari  navo»,  «Ufori  soxta»,  «Dilxiroj»  kabi
yakka raqslami ijro etadi.
1933-yildan  boshlab  Respublika  1-balet  maktabida  o‘qituvchi
bo‘lib ish boshlaydi. Dars berish jarayonida ustozi Usta Olim Komilov
bilan birga farg‘ona  raqs usullariga oid harakatlar va doira usullaridan
foydalanib  «Doira  darsi  va  raqs»  qo‘llanmasini  yaratdi.  Hozirgi
kungacha  shu  qo‘llanma  asosida  o‘zbek  raqs  fanini  o‘qitishda
foydalanilib kelinmoqda.
1933-1957-yillarda  o‘zi  ham  «Nog‘ora»,  «Uyg‘urcha»,  «Muno-
jat»,  «Tanovar»,  «Abduraxmon-begi»,  «Andijon  polkasi»,  «Terimchi
qiz»,  «Rohat»,  «Raqqosa»,  «Gulmh»,  «Pomircha»,  «G‘ayratli  qiz»,
«Sho‘x  qiz»  kabi  yakka  raqslar va  «Ulug‘  kanal»,  «Tinchlik uchun»,
«Shodiyona»,  «Muhayyir»,  «Paxta»  3  qismli  syuita, «Pilla»,  «Tinch-
lik kaptari»,  «Sharflar bilan raqs» kabi ommaviy raqslar sahnalashtira
boshlaydi.
1957-yilda  Moskvada  boiib  o‘tadigan  IV  Jahon  demokratik
yoshlar  va  studentlar  festivalida  qatnashish  uchun  qizlar  raqs
ansamblini  tashkil  etadi.  Ularga  «Ufori  sanam»  va «Paxta»  ommaviy
raqslarini  qo‘yadi.  Ansamblga  bastakor  M.Mirzayev  «Bahor  valsi»
kuyini  bastalaydi  va  qizlar  ansambliga  «Bahor»  deb  nom  beriladi.
1957-yildan  umrining  ohirigacha  (1978-yilgacha)  M.Turg‘unboyeva
37
www.ziyouz.com kutubxonasi


ansamblning  badiiy  rahbari  bo‘lib  ish-
laydi.  Shu yillar davomida  600  ga  yaqin
milliy  va  jahon  xalqlari  raqslarini  sah-
nalashtiradi.  40  nafar  raqqosa  qizlari
bilan  0 ‘zbekistonning  barcha  viloyatla-
rida,  chekka  qishloqlarida  o‘z  konsert
dasturlarini  namoyish  etib  el  mehrini
qozonadilar. Qardosh davlatlaming Mosk-
va,  Leningrad,  Lugansk,  Krasnodon,  Murmansk,  Arxangelsk,  Kiyev,
Zakarpatye,  Sochi,  Suxumi,  Tbilisi,  Yerevan kabi  shaharlariga  qilgan
safarlarida  tomoshabinlami  o‘zbek  raqsi  bilan  tanitadi.  Dunyoning
juda ko‘plab davlatlarida gostrol safarlarida boiadi.  Hindiston, Xitoy,
Eron,  Singapur,  Pokiston,  Malayziya,  Avstriya,  Afg‘oniston,  Veng-
riya,  Mongoliya,  Germaniya,  Albaniya,  Italiya,  Kambodja,  Tailand,
Sudan,  Misr,  Liviya,  Jazoir,  Tunis,  Marokash,  Polsha,  Chexos-
lovakiya,  Bolgariya,  Shvetsiya,  Laos,  Angola,  Finlyandiya,  Malta
kabi shaharlari shular jumlasidandir.
Mukarrama  Turg‘unboyevaning  qilgan  sharafli  mehnati  bejiz  va
beiz  ketmadi.  «Xalq  artisti»  unvoni,  «Shavkatli  mehnati  uchun»
medali,  «Hurmat  belgisi»  ordeni,  davlatning  ko’plab  orden  va
medallari  bilan  taqdirlandi.  Uning  yorug*  hotirasi  uchun  har  yili  31-
may kuni «Yil raqqosasi» Respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi.
Mukarrama Turg‘unboyeva  o‘zbek san’ati tarixida uning rivojiga
ulkan  hissasini  qo‘shgan  buyuk  san’atkor  sanaladi.  Dramatik  aktrisa
sifatida  milliy  teatming  poydevorini  qurganlar  qatorida,
hamda
o‘zbek  raqs  san’atini  butun  jahonga  tanitgan,  o‘zbek  raqs  maktabi
asoschisi sifatida ardoqlanadi.

Оставьте комментарий