Test topshiriqlari soni qisqartirildi

DO`STLARGA ULASHING:

Test topshiriqlari soni qisqartirildi

📌 Davlat komissiyasining 2-son bayoni test topshiriqlari soni maqbullashtirilib, kirish test sinovlariga jami 3 soat vaqt ajratilishi belgilandi.

👉 Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha:

Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) — 10 ta savol.
Har biri uchun 2.1 balldan.
Maksimal ball – 21 ball.

Matematika — 10 ta savol.
Har biri uchun 2.1 balldan
Maksimal ball – 21 ball.

O‘zbekiston tarixi — 10 ta savol.
Har biri uchun 2.1 balldan.
Maksimal ball – 21 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 63 ball.

👉 Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan bo‘yicha:

1-fan — 20 ta savol.
Har biri uchun 3.15 balldan.
Maksimal ball – 63 ball.

2-fan — 20 ta savol.
Har biri uchun 3.15 balldan.
Maksimal ball – 63 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 126 ball.

Umumiy holda, 2021-2022-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 70 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.