Tezkor zaryadlash texnologiyasiga oid savol-javoblar

DO`STLARGA ULASHING:

Tezkor zaryadlash texnologiyasiga oid savol-javoblar
#quickcharge #fastcharge #qa

1. Tezkor zaryadlash texnologiyasi nomi har xilmi?
Ha, ishlab chiqargan kompaniya har xil nom bergan. Misol uchun:
Qualcomm: Quick Charge
Samsung: Adaptive Fast Charging
Motorola: TurboPower
Mediatek: Pump Express
Huawei: SuperCharge

2. Tezkor zaryadlashdan istalgan smartfon foydalanishi mumkinmi?
Yo’q, smartfon bu texnologiyani qo’llab quvvatlashi lozim. Misol uchun: Redmi Note 7, Samsung Galaxy A80, Xiaomi Mi 9

3. Istalgan zaryadlash qurilmasi orqali tezkor zaryadlash mumkinmi?
Yo’q, zaryadlash qurilmasi va hattoki kabel ham bu texnologiya bilan ishlay olishi kerak.

4. Tezkor zaryadlash sababli smartfon yonib ketishi mumkinmi?
Smartfon juda qattiq qizishi natijasida yonishi mumkin, lekin tez zaryadlash texnologiyasida qizishga
qarshi himoyalar mavjud. Yonish yoki portlab ketish bu, zaryadlash qurilmasining nosozligidan.

5. Tezkor zararlash akkumlyator uchun zararlimi?
Bu savolga har xil javoblar berishgan, shaxsiy fikrimga ko’ra unchalik zarar emas, chunki litiy akkumlyatorlarga farqi yuq qanchada zaryad olishi, asosiysi qattiq qizimasa bo’ldi.

6. Tez zaryadlash qurilmasini bu texnologiyani qo’llab quvvatlamaydigan smartfonga ulasa nima bo’ladi?
Zarari yo’q, faqat sekin zaryad oladi holos. Tez zaryadlash qurilmalarida har xil zaryad berish ko’rsatkichlari bor, shuni past darajasini ishlatadi holos.

Оставьте комментарий

ArabicEnglishFrenchGermanKazakhKyrgyzRussianTajikTurkishUzbek