Muhammad Muso al-Xorazmiy hayoti va ijodiga oid savollar

DO`STLARGA ULASHING:

Muhammad Muso al-Xorazmiy hayoti va ijodiga oid

Savol: Muhammad Muso al-Xorazmiy nechanchi yillarda yashab ijod qilgan?
Javob: 783-850 yillarda yashab ijod qilgan.
Savol: Muhammad Muso al-Xorazmiy hayoti davomida 20dan ortiq asarlar yozgan. Ulardan bizgacha nechtasi yetib kelgan?
Javob: 10 tasi yetib kelgan.Savol: Muhammad Muso al-Xorazmiy kimning hukmronligi davrida Bog’doddagi Ma’mun akademiyasi nomi bilan mashhur bo’lgan “Bayt ul-hikma”, ya’ni “Donishmandlar uyi” da mudir bo’lib ishlagan?
Javob: 813-833 yillarda xalifa Ma’mun davrida mudir bo’lgan.
Savol: Muhammad Muso al-Xorazmiy qaysi fanlarning rivojiga ulkan hissa qo’shgan?
Javob: Muhammad Muso al-Xorazmiy matematika, geografiya, astronomiya va tarix fanlari rivojiga ulkan hissa qo’shgan.
Savol: Muhammad Muso al-Xorazmiy geografiyaga oid asari qanday nomlanadi?
Javob: “Kitob surat ul-arz”
Savol: Muhammad Muso al-Xorazmiyning astronomiyaga oid qanday asarlari bor?
Javob: “Zij” va “Ustrurlob bilan ishlash haqida kitob” asarlari

Оставьте комментарий