DO`STLARGA ULASHING:
Sabzavotlar haqida sherlar. Hosil bayrami bolalar uchun sherlar.
Sabzavotlar haqida sherlar.
Sabzavotlar — tanamiz uchun sog‘liq manbai, dasturxonimizning bezagi. Ular vitaminlarga boy bo‘lib, bolalar uchun quvvat va kuch beradi. Sabzi, karam, bodring, pomidor va boshqa sabzavotlarning rang-barangligi tabiatning mo‘’jizasini eslatadi. Keling, kichkintoylarga quvonch ulashuvchi sabzavotlar haqida qiziqarli sherlar bilan tanishamiz!
Sabzavotlar shousi.
Sabzavotlar go’yo tilga kirganda
Ne bo’lardi deya o’ylanib qoldim
Raqobat bo’larmidi o’rtalarida
Yoki qaynasharmidi bitta qozonda
Hayolimda jonlandi ajib voqea
Bu haqda sizlarga so’ylay hikoya
Bir pomidor telekanal ochibdi
Pichoqning tagidan zo’rg’a qochibdi
O’tkazibdi shou sabzavotlarga
Ko’rmaganlar ko’z yoshin sochibdi
Yaltiroq kastyumin kiyib baqlajon
Davrada gerdayar bo’lib suhandon
Qo’shiqchilar zo’ri sarimsoqpiyoz
Duetdoshi qarang ,qo’shnisi piyoz
Musiqa chaladi,rediska,turp
G’ijjak chalar qovoqcha o’tirib
Qo’zhiqni boshladi sholg’omxon arang
Ovozidan qulog’u boshingiz garang
Namanganning sholg’omi
Turupi bordirey
Qo’shni polizlargayey
Ketmang dildorey
Yallani uladi, xonishga payvand
Qizil yuzi bo’zarib lavlagiqand
Qirmizi qizilcha shirin bo’larkan
To’rg’ab,aralashsa salat bo’larkan
Mehnat qilmasang, bu orzu-havas
Haqiqiy foyda keyin bo’larkan
Pomidorning shousi davom etdi
Aka-uka qalampirga navbat yetdi
Qalamkashlar she’r o’qishdi-yu
Eshitganlar oxir chidamay ketdi
Ko’zlaridan yosh yumalar duv-duv
Uka garmdorini mashxurlik eltdi
Birrovga kelgandi, janob bodring
Dimog’idan birov deyolmas g’iring
Tomosha ko’rsatib,sabzi-kartoshka
Sazovor bo’lishdi,qarsak -olqishga
Kech bo’lganda karam keldi mehmonga
Chunki, kiyimlarini qo’ygandida tahmonga.
Pomidor.
Men pomidor bo’laman
Vitaminga to’laman
Yozda meni so’ragan
Topishadi daladan
Qishda meni so’ragan
Topar issiqxonadan.
Piyoz haqida she’r.
Yerga chuqur
Botsam men,
Berkinvolib
Yotsam men,
Izlab topdi
Oshpazlar,
Meni chopdi
Oshpazlar.
Yig‘lamadim —
Polvonman…
Lekin juda
Hayronman:
Oshpazlarning
O‘zlari
Nega yoshlar
Ko‘zlarin?
Lavlagi.
Yeb ko’rsangiz qand deysiz
Go’yoki asal yeysiz
Tanaga quvvat bergum
Ham darmon ham qon bo’lgum.
Karam.
Qiyma o’rab bag’rimga
Do’lma qilib yeyishar
Totli sho’rvam ichganda
Bay-bay deb ham qo’yishar.
Oshqovoq.
Meni deydilar kadi,
Lekin asli qovoqman.
Somsa, mantim yesangiz,
Biling, sizga o’rtoqman.
Kartoshka.
Kartoshkaman bilsangiz
Mazaliman yesangiz
Kuzda kovlab olasiz
Ko’p ovqatga solasiz.
Sabzi – Sabzavotlar haqida sherlar.
Yer ostidir makonim,
Quyoshni ko‘rmas yuzim.
Lekin shifobaxshlikda,
Qolishmasman, chin so‘zim.
Rangim qizil yo sariq,
Shaklim uzun va oriq.
Dehqonning zahmatidan
Bo‘larman elga tortiq.
Turp.
Meni turp deyishadi
Qirg’ichda qirishadi
Palovni suzishganda
Osh bilan yeyishadi.
Sholg’om.
Shifobaxsh ne’matman
Shamollashga men davo
Ko’z quvvatin oshirgum
Sho’rvamdan iching shifo.
Garmdori.
Garmdori degani
Yarim dori degani
Taomga tam beraman
Asabga dam beraman
Bir shartim bor aytayin
Ko’p ishlatsang atayin
Achchig’imga bermay dosh
Ko’zlaringdan oqar yosh.
Bodring.
Ovqat bilan qo’shib yeng
Ishtahangiz ochaman.
Poliz ekinlar haqida sherlar.
Tarvuz.
Men kabi shirin ne’mat
Topilmaydi dunyoda
Rost so’zim tatib ko’ring
Sog’likka koni foyda.
Qovun haqida.
Tanaga quvvat berar
Tilimi tilni yorar
Bosvoldiyu amiri
Tanlab oling shirinin.
Sabzavotlar rasmlari.
Mehrjon bayrami – mehnat va hosilning qadrlanadigan, dasturxonlarimiz to‘kin bo‘ladigan ayyom. Bu bayramda sabzavotlar va mevalar alohida o‘rin tutadi. Sabzi, bodring, pomidor, karam va boshqa sabzavotlar nafaqat sog‘lom ovqatlanishimiz uchun, balki rang-barangligi bilan ham bolalarga quvonch bag‘ishlaydi. Mashg‘ulotlarda sabzavotlarning rasmlaridan foydalanish orqali kichkintoylar ularni taniydi, foydasini bilib oladi va tabiat ne’matlariga mehr qo‘yadi.













