Titikaka ko’li, Peru | Boliviya

DO`STLARGA ULASHING:

Titikaka ko’li, Peru | Boliviya 🇵🇪🇧🇴

Titikaka — Markaziy And togʻlarida Peru va Boliviya chegarasida, yer sharidagi eng yirik baland togʻ ko’li (3812 m balandlikda). Maydoni 8,3 ming km². Uzunligi 150 km, kengligi 70 km, eng chuqur joyi 304 m. Ko’lning o’rni tektonik soylik bo’lib, qirgʻoqlari egribugri, baʼzi joylari tik yon bagʻirli. Titikakaga 45 ta daryo va irmoqlar quyiladi, koʻldan Desaguadero daryosi oqib chiqib, Poopo koʻliga quyiladi. Mart oyida suvi ko’payib, may–dek.da kamayadi. Qirgʻoqlari yaqinida suvi muzlaydi, koʻldan baliq ovlanadi, kema qatnaydi. Koʻl boʻyidagi eng yirik shahar va port — Puno (Peru) shahri. Titikakaning jan.sharqiy sohilida va orollarida indeyslarning qadimiy madaniy yodgorliklari saqlangan. Bugungi kunda Titikaka ko’li yer yuzidagi jumboqli hududlardan sanaladi sababi Tinch okeani bilan ko’lning xususiyatlari bir xilligidir.

LOCATION📍
https://maps.app.goo.gl/CvTuVFbQLoE8TGzy9

Оставьте комментарий