Torli – kamonchali cholg’u asboblari

DO`STLARGA ULASHING:

Torli – kamonchali  musiqa cholg’u  asboblari
Reja
1.Torli – kamonchali musiqa cholg’u asboblari haqida ma’lumot.
2.G’ijjak asbobining kelib chiqish tarixi.
3.Sato, Qobuz musiqa asboblari haqida.
  1. Mashhur g’ijjakchilar to’g’risida
5.Xulosa.
                                               G’ijjak
G’ijjak musiqa cholg’usi boshqa cholg’ular qatori juda qadimgi musiqa cholg’usi hisoblanadi. O’rta Osiyo halqlari, xususan o’zbeklar orasida qadimdan keng tarqalgan, kamoncha bilan chalinadigan torli cholg’u asbobdir. O’tmishda g’ijjakning kosasi qovoqdan, kokos yong’og’i (norjil yong’og’idan) yasalib, ichini kovak qilib o’yib yasalgan. Kosasinning ustiga baliq terisi va pufak qoplangan. Dastasi tut yoki yong’oq va o’rik daraxtlarining yog’ochlaridan ishlangan.
    Dastlabki davrda g’ijjakda ikkita tor kvarta oralig’ida sozlangan, ba’zan ashulachilarning ovoziga moslashtirib sozlashgan. Kosaning pastki qismiga tayoqcha o’rnatilib, ijrochining tizzasiga qo’yib, o’tirgan holda chalingan.
   Dastasi dumaloq bo’lib, kosaga yaqinlashib borgan sari kengaytirilib ishlangan. O’sha davrda g’ijjak unison, yakka tartibda, ansambl jo’rligida ham ijro etilgan. Kamonchasining qillari (otning dumidan ishlanadi) chalish vaqtida o’ng qo’l barmoqlari bilan tortib chalingan.
O’rta asrda yashab ijod etgan Sharq olimlari o’zlarining musišiy risolalarida, g’ijjak cholg’usi to’g’risida juda ko’p qimmatli ma’lumot berganlar. Al Forobiyning (873-950) «Musiqa haqida katta kitob»i, ibn Sinoning (980-1037) «Davolash kitobi»ning musiqa bo’limida, Al- Xorazmiyning (X acp) «Bilimlar kaliti», Safiuddin Urmaviy (1216-1294), Abdurahmon Jomiyning      (1414-1492) «Musiqa haqida risola» kitoblarida musiqa cholg’u ijrosi va cholg’u asboblari haqida muhim ma’lumotlar berganlar.
Abduqodir Marog’iy (G’oyibiy XV asr) «Musiqa ilmida ohanglar to’plami» risolasida kamoncha, yetti torli g’ijjak kabi bir turdagi, musiqa cholg’ulari borligi haqidagi ma’lumotlar bilan boyitdi.
      Darvish Alining musiqiy risolasi (XVI-XVII asrlar) O’rta Osiyo musiqasini o’rganishda qimmatbaho manbadir. Mazkur asarda mashhur xonandalar va cholg’uchilar, bastakorlarning ijodiy tarjimai hollari bayon etilgan. Risolaning beshinchi va oltinchi boblarida o’sha davrda ko’pgina Sharq mamlakatlarida qo’llashgan halq cholg’u asboblari haqida ma’lumotlar batafsil bayon qilingan. Darvish Ali ta’rif bergan cholg’ulardan yettasi o’sha davrda keng tarqalgan.  Ular tanbur, chang, qonun, ud, rubob, qobiz va g’ijjaklardir.
O’sha paytdagi eng yetuk ijrochi bo’lgan Ustoz Zaytuniy-G’ijjakiy, Shayx Ahmadiy Qobiziy, Amir Mastiy Hirotiy (Qobiz) lar halq cholg’u ijrochiligida muhim o’rin tutganlar.
Zahiriddin Muhammad Bobirning (1483-1530) e’tirof etishicha, Alisher Navoiy o’z davrida ko’plab ijrochilarni, shu jumladan ud chaluvchilarni, naychilar, g’ijjakchilarni o’z iste’dodlarini namoyon etishiga ko’maklashgan. Bobirning ta’kidlashicha o’sha davrda mohir g’ijjak cholg’uchisi Shoh Quliy G’ijjakiy alohida o’rinda turadi.
XX asr boshlarida cholg’u ijrochilik san’ati ancha yuqorilab ketdi. Musiqa o’quv yurtlari, Toshkent Davlat konservatoriyasi tashkil qilinib, cholg’uchilik ancha ilgarilab ketdi. Yangi-yangi sozlar paydo bo’la boshladi. 1948 yilda Toshkent Davlat konservatoriyasida orkestr sinfi ochilib, bu yerda bir necha mutaxasislar har turdagi musiqa cholg’ularidan  saboq bera boshladilar.
G’ijjakning sozlanishi.
 
G’ijjak cholg’usi torli-kamonli mukammal oila tarkibiga kiradi. G’ijjak qaytadan ishlanib, to’rtta tor (oldin uchta bo’lgan) joriy qilindi. To’rtinchi eng yo’g’on tor kichik oktavadagi sol ga, uchinchi tor birinchi oktavadagi re ga, ikkinchi tor birinchi oktavadagi lya ga va oxirgi  birinchi tor ikkinchi oktavadagi mi ga sozlanadi. Uning umumiy ovoz hajmi kichik oktavadagi soldan to’rtinchi oktavadagi lya ga qadar.
 
G’ijjakning yasalishi.
 
G’ijjakning dastasi dumaloq emas,  aksincha, skripka dastasidek yassi qilib ishlanadi. Oyoqchasi stulga o’tirib chalish uchun qulaylashtirilgan. Orkestrda chalish uchun g’ijjakning  katta-kichik (g’ijjak alt, g’ijjak bas, g’ijjak kontra bas) turlari mavjud. G’ijjak asosan tut va yong’oq daraxtlari yog’ochidan ishlanib, uning kosasiga baliq yoki buzoq yuragining terisi qoplanadi. G’ijjak cholg’usi orkestrlarda eng asosiy, yetakchi vazifani bajaradi, yakkanavozlikda mashhurdir. Uning nota matni skripka kalitida eshitilishicha yoziladi.
O’zbekistonda yashab o’tgan mashhur g’ijjakchilardan Imomjon Ikromov, G’anijon Toshmatov, Shuhrat Yo’ldoshev, Muxtorjon Murtazoyev, Kommunar Komilov va boshqalar.
Hozirgi kunda xizmat qilib kelayotgan g’ijjakchilar: Abduhoshim Ismoilov, O’lmas Rasulov, Salohiddin Azizboyev, Tursunboy Jo’rayev, Qahramon Komilov, Murod Toshmuxammedov, Ahmadjon Dadayev, Husan Fayzullayev, Erkin Xudoyberdiyev va boshqalar.
G’ijjak alt.
 
G’ijjak alt asosiy   g’ijjakning  bir   oz  kattaroq  qilib ishlangan turi. G’ijjak alt asbobi XX asrning 50 yillaridan boshlab keng qo’llanib kelinmoqda.
G’ijjak alt sinfi (1949 yil tashkil qilingan) dan dastlab R.I.Felisant dars bergan. A.Xolmuhamedov 1954 yilgacha, G’. Qo’chqorov 1961 yilgacha, keyingi yillardan boshlab bu sinfga Murod Ibragimovich Toshmuhamedov rahbarlik qilib kelmoqdalar. Mashhur g’ijjak altchilar Qahramon Nazirov (konkurs sohibi), Jo’raboy Saidov (konkurs sohibi), Jasur Ergashev (konkurs sohibi) Husan Fayzullayev va boshqalar, hozirda oliy va o’rta maxsus bilim yurtlarida o’qituvchilik vazifasida tinimsiz mehnat qilmoqdalar.
G’ijjak alt yasalishiga ko’ra g’ijjakdan bir oz katta. Torlari kvinta oralig’ida sozlanadi. 4-tor kichik oktavadagi do ga, 3-tor kichik oktavadagi sol ga, 2-tor birinchi oktavadagi re ga va 1-tor birinchi oktavadagi lya tovushiga  sozlanadi. Umumiy ovoz hajmi kichik oktavadagi do tovushidan uchinchn oktavadagi lya tovushiga qadar. Notalar alt kalitida yoziladi, (baland tovushlari) skripka kalitida yoziladi.
G’ijjak bas (Qobiz bas).
 
G’ijjak bas (Qobiz bas) sinfi Toshkent Davlat konservatoriyasida 1949 yilda tashkil qilingan. G.N.Ivanovning shogirdi X.Tursunov mazkur sinfning ilk bitiruvchisi bo’lgan.
G’ijjak bas cholg’usi asosiy g’ijjakning katta qilib ishlangan turi bo’lib, violonchel vazifasini bajaradi. G’ijjak basning torlari kvinta oralig’ida sozlanadi. 4-eng pastki tori katta oktavadagi do notasiga, 3-tor-katta oktavadagi sol notasiga 2-tori kichik oktavadagi re notasiga va 1-tor kichik oktavadagi lya notasiga sozlanadi. G’ijjak basning (Qobiz basning)  umumiy ovoz hajmi katta oktavadagi do notasidan uchinchi oktavadagi re notasiga qadar. Notalari bas kalitida yoziladi, baland tovushlari skripka kalitida yoziladi.
Tajribali o’qituvchi violonchilist I.I.Shelpukning  1966 yildan g’ijjak bas (Qobiz bas) sinfiga rahbarlik qilishi bilan bu sohada mutaxassislar tayyorlash ishi ancha faollashdi. I.I.Shelpukni shogirdlari orasida konkurs sohibi Shohid Qoraboyev (birinchi mukofot) va Yo’ldosh To’laganovlar alohida diqqatga sazovor bo’ldilar.
           G’ijjak kontrabas (Qobiz kontrabas)
G’ijjak kontrabas (qobiz kontrabas) asosiy g’ijjakning eng katta qilib ishlangan turi, kontrabas vazifasini bajaradi. Torlari kvarta oralig’ida joylashgan. 4-eng pastki tori kontr oktavadagi mi tovushiga, 3-tor esa kontr oktavadagi lya tovushiga 2-tori katta oktavadagi re tovushiga va 1-tor katta oktavadagi sol tovushlariga sozlanadi. G’ijjak kontrabasning (qobiz kontrabas) umumiy ovoz hajmi kontr oktavadagi mi tovushidan birinchi oktavadagi sol tovushiga qadar. Notalar bas kalitida, eshitilishiga nisbatan oktava yuqorida yoziladi. G’ijjak kontrabas (qobiz kontrabas) xuddi skripka kontrabasdek, tik turib chalinadi. Orkestrda asosiy fundament vazifasinn bajaradi.
      G’ijjak kontrabas sinfi ham 1949 yildan Toshkent Davlat konservatoriyasida ochilgan bo’lib, o’z faoliyatini 1953 yildan amaliy tarzda ko’rsata boshladi. Ushbu sinfda o’qib bitirib chiqqan S.Sayfiddinov 1960 yilgacha ishlab faol mehnat qildi, 1962 yildan 1974 yilgacha V.I.Serdyukovning shogirdi B.X.Abdurahmonov saboq bera boshladi. 1974 yildan esa ushbu sinfga I.U.Sulaymonov rahbarlikni davom ettirib kelayapti. Ushbu kontrabas sinfidan konkurs sohiblari Sayid Maxmud Xo’ja Akbarxo’jayev (1974 yil birinchi mukofot), Baxtiyor Otayev (ikkinchi mukofot 1974 yil) bo’lganlar. Yana iqtidorli g’ijjak kontrabas sinfini tugatgan .
Qobiz.
Qobiz-qovuz torli-kamonchali musiqa cholg’usi hisoblanadi. Qobiz   cholg’usini   paydo   bo’lishida   turli   afsonalar   mavjud. Professor Fitratning yozishicha, qobiz eng eski   turk cholg’usidir. Qobuzning tori ikkita bo’ladir. Har bir tori bir to’plam qildan iboratdirkim, ot quyrug’idan olinadir. Birinchi torning qillari ikkinchi tordan ozdir. Turklarning ibtidoi zamon shoirlari bo’lgan baxshilar-uzonlarning cholg’ulari qobuz erdi.
Mahmud Qoshg’ariyning «Devon ul- lug’ati turk» kabi eski turk lug’atida «Qubiz», «Qubizlamoq» kabi so’zlar bo’lganidek, Navoiy, Lutfiy Mirhaydar Manjzub kabi ko’p chig’atoy shoirlarining asarlarida ham «Qubiz» ismiga uchramoq mumkin. Fitratning yozishicha, XVII asrda Darvish Alining ikkinchn risolasi Abdullaxon zamoniydan Imomqulixon zamonig’acha mashhur bo’lgan musiqashunoslar: Buxorolik dutorchi Mahmud Ishok o’g’li, Toshkentlik Amir Fathiy, Samarqandlik Mavlono Boqiy zarduz, Hojagiy Ja’far qonuniy, qubizchi Hofiz Poyanda, Qubizchi Shayx Ahmad, Qubizchi Mirmastiy, balxlik Ustod Abdulloh naychi, tanburchi Xoja Navro’z, Husayn Uddi, G’ijjakchi Ustod O’zbek va boshqalar o’zbek musiqiy dunyosida beqiyosdirlar.
Qobiz musiqa cholg’u asbobi Qozog’istonda ham keng tarqalgan bo’lib, hozirgacha ijro etilib kelinmoqda. Qozog’nstondagi cholg’u turi yasalishiga ko’ra, kosasi o’yilib ishlangan, bo’g’iz va dastasi bir butun yog’ochdan tuzilgan, kosaning pastki qismiga tuya terisi qoplanadi. Ot dumidan o’ralgan ikkita tor taqiladi. Bu torlar kvarta ba’zan kvinta oralig’ida sozlanadi. Qobiz dasta va kosasi egilib yasalgani uchun, chalish vaqtida barmoqlar bilan torlar bosilganda, dastaga tegmaydi. Natijada qobizda to’ng’illagan tovush chiqadi. Qobizning ovoz hajmi ikki oktavaga yaqindir. Umumiy uzunligi 700 mm. Qo’rmong’ozi nomidagi halq cholg’u asboblari orkestri tarkibini kengaytirib, mukammallashtirish maqsadida, qobizning prima, alt, bas va kontrabas turlari ishlab chiqilgan. Qayta ishlangan qobiz turlari uch va to’rt torli bo’ldi. Qobiz yakka tartibda chalinganidek, ansamblda va orkestrda ham ijro etiladi. Qobiz O’zbekiston, Qoraqalpog’iston   avtonom Respublikasi  hamda Qozog’istoda ham keng qo’llanib kelinmoqda.
1934 yilda Qozoq bastakori, cholg’ushunos olim A.K.Jubanov musiqa cholg’usi, qobizning turdosh oilasini yaratdi. Qobizning alt, bas, kontrabas turlari yaratildi. Xromatik dumbra, daupaz, kichik baraban va uchburchak turkumlaridan tuzilgan, rekonstruksiya qilingan cholg’ulardan orkestr tuzdi. Qobizning alt, bas, kontrabas turlari orkestrda muhim vazifani bajarib kelayapti. Qobiz kontrabas cholg’usi ijrosida Baxtiyor Otayev va Sayid Mahmudxo’ja Akbarxo’jayev konkurs  sovrindorlari bo’lishgan.
Sato.
 
Sato cholg’u musiqa asbobi ham boshqa cholg’ular qatori bir necha asr oldin paydo bo’lgan degan taxminlar mavjud. O’rta asr musika ijrochiligi madaniyatining o’ziga xos xususiyatlaridan biri shunda ediki, cholg’uchilar nafaqat bir necha turdagi musiqa aboblarini chala olgan, balki o’zlari ham musiqa bastalaganlar. Cholg’uchilar o’z davrining yetuk musišachilari va shoirlari ham bo’lishgan.
O’rta asr sharoitida musiqiy ixtisoslashuv maxsus musiqiy ustaxonalarni paydo bo’lishiga olib keldi. Bu yerda ustoz-shogird an’analari qaror topib rivojlandi. Ayni paytda ansambl ijrochiligi takomillashdi, musiqa san’atinnng asosiy ko’rinishlari shakllanib, cholg’u asboblarining yangi namunalari kashf etildi.
         Sharq olimlarining nazariy qarashlari, mavjud ijrochilik san’ati tajribasi asosida shakllangan bo’lib, ular o’z risolalarida musiqaning jamiyatda tutgan o’rni va ahamiyati haqida atroflicha ma’lumot berganlar.
         Qutbiddin ash-Sheroziy (1236-1310) eronlik musiqa nazariyotchisi sifatida tanilgan bo’lib, o’z risolasida kamonchali tanbur-sato haqida ibratli mulohazalar bildirgan, hamda inson ovozini musiqa asboblari ichida eng yoqimlisi deb hisoblagan.
Satoning tuzilishi
 
Sato musiqa cholg’usi tashqi ko’rinishidan tanburga o’xshaydi. Satonnng kosasi nozik o’yilib tut, o’rik yoki yong’oq daraxtinpng yog’ochidan yasaladi. Sato cholg’u asbobini noxun bilan chalsa ham bo’ladi, uning uchun faqat, kosada o’rnatilgan maxsus xarrakni o’rniga, tekis qilib yasalgan xarrak qo’yish kerak, chunki ijro etilayotgan vaqtda torlarning sadosi va yuqori ijro imkoniyatida salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Sato cholg’usining ovozi bir oz fig’onli, dardlidir. Ijro etish paytida, sato cholg’usidan chiqqan tovush, insonni xayol og’ushiga olib ketadi. Taralayotgan kuy eshituvchiga shunday ta’sir qiladiki, hatto eshituvchi o’z gavda qismini tebranayotganini ba’zan sezmay qoladi.    Turg’un Alimatovning chalgan kuylari bunga misol bo’la oladi. Turg’un Alimatov (O’zbekiston xalq artisti) mohir usta tanburchi, dutorchi va sato asbobini dilkash, joziba bilan ijro etadigan sozandalarniig eng yetakchisidir.
 Sato cholg’usini asosan O’zbekiston va Tojikistonda takomilashganini bilamiz. Sato asbobi asosan kamon bilan ijro etiladigan cholg’udir, xuddi g’ijjakni ijrosidek, o’tirgan holda chalinadi. Satoning dastasiga ichakdan pardalar (ladlar) o’raladi, g’ijjakda esa dasta silliq bo’ladi. Satoning yupqa qilib o’yilgan kosaxonasining shakli tanbur cholg’u asbobidan bir oz katta bo’ladi, qopqog’i ham shunga mos bo’ladi. Sato dastasining uzunligi tanbur cholg’usidek uzun bo’lib, yo’g’on ichak tordan uch o’ramda bog’langan, pardalar, hamda kosaxonasi qopqog’iga yopishtirilgan xas pardalar bor. Xaspardalar yog’och qalamchalardan iborat bo’lib, tanbur va sato asboblarining kosasining qopqog’iga yopishtiriladi.     Ovoz hajmi ikki yarim oktavadan kengroq doirada diatonik tovushqatorni hosil qiladi.
Asosiy torlari soni uchta ba’zan to’rtta bo’lib, bu torlar metal, misdan iborat bo’ladi, ularning, ya’nn torlarining jo’rlanishi xuddi tanburni sozi kabi birinchi va uchinchi (ikkn chetdagisi) unisonga, ikkinchisi (o’rtadagisi) ikki chetdagilarga nisbatan kvarta va kvinta ba’zan sekunda pastga sozlanadi. Asosiy sozlar ostida joylashtirilgan hamda yon quloqlariga tortilgan aks sado beruvchi torlari esa, xuddi afg’on rubobi singari sekunda oralig’larida sozlanadi.
Ammo hozir O’zbekistonda ishlatiladigan sato nusxalarida bunday  aks-sado yo’q. Usta Usmon Zufarov tomonidan ishlab yaratilgan satolar o’ziga xos yoqimli va shirali ovozga ega. Sato cholg’u asbobini o’tirgan holda, chap tizza ustiga qo’yib, kamon bilan ijro etadilar. O’ng qo’l bilan kamonni chapga va o’ngga tortib, o’ziga xos usullar va uslublar bilan ijro etadilar.
                          Foydalanilgan  adabiyotlar:
 
  1. Akbarov Il. Musiqa lug’ati T., San’at  1990 yil.
  2. Vizgo T. O’rta Osiyo musiqa asboblari. Moskva., 1980 yil.
  3. Karomatov F. O’zbek chlg’uchilik musiqasi. Moskva., Muzika 1980yil.
  4. Odilov A. O’zbek xalq cholg’u asboblarida ijrochilik tarixi.
     Toshkent., O’qituvchi  1995 yil.
  1. Fitrat  A.  O’zbek  klassik   musiqasi  va  uning   tarixi.
       Toshkent., Fan., 1993 yil.
     6.Petrosyants A.I. Cholg’ushunoslik  T., San’at 1990 yil.
  1. Nurmatov H. Rubob  darslik T., O’qituvchi      2004 yil.
  2. Toshmuxammedov .M. G’ijjak . T.,O’qituvchi. 2002 yil.
 

Оставьте комментарий