15 may — Xalqaro oila kuni mavzusida dars ishlanma

DO`STLARGA ULASHING:

Sana: _________                                           
Mavzu: 15 may — Xalqaro oila kuni
Maqsad: O’quvchilarga 15 may — Xalqaro oila kuni bo’yicha bilim, ko’nikma hosil qilish.
Oila – muqaddas qo’rg’on bo’lib, ota–ona va farzandlarning ma’nan, jismonan, ruhan yetukligi, komilligi uni boyitib turadi.
Shuningdek, u kishilar hayotining eng muhim qismi, jamiyatning kichik bo’lagidir.
Oila masalasi yurtimizda muhim ahamiyat kasb etadi.  Chunki bizda azal-azaldan rivoj topib shakllanib kelayotgan milliy qadriyatlarimiz asosi, negizini aynan oila tashkil etadi.
Mamlakatimizning istiqlolga erishishi oilaviy qadriyatlarning tiklanishida muhim omil bo’ldi.
Yurtboshimiz tomonidan yildan-yilga oila istiqboli, uning a’zolari ma’naviyatini yuksak darajaga olib chiqish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu asnoda, mamlakatimizda jamiyatning asosiy bo’g’ini bo’lgan oilani mustahkamlash, ayniqsa, yosh oilalarning huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu kabi sa’y-harakatlar yurtimizda sog’lom avlodning shakklanishi va oilalar mustahkamligining jamiyatda keng qaror topishiga asos bo’lib xizmat qiladi.
Har yili 15 mayda nishonlanadigan Xalqaro oila kuni 1993 yilda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan e’lon qilingan bo’lib, bundan ko’zlangan asosiy maqsad turli davlatlar jamoatchiligi e’tiborini oilaning ko’p sonli muammolariga qaratishdan iboratdir. BMT Bosh kotibining fikricha, qachonki bitta oilaning asosiy huquqlari buzilar ekan, bu yagona oila hisoblanmish insoniyatning birligiga havf soladi. Jamiyatning asosiy bo’lagi bo’lmish ushbu muqaddas dargohning mustahkam bo’lishi ko’p jihatdan o’zimizga ham bog’liq.
Oila inson kamolotining bosh bo’g’ini, davlat tizimining eng muhim instituti, jamiyat o’zagi va avlodlar davomiyligini asrovchi qo’rg’ondir. Har qaysi millatning o’ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda oilaning o’rni va ta’siri beqiyos.
Barcha zamonlarda mamlakatning rivojlanishiga  o’sha jamiyatda oilaning o’rni qandayligi va unga davlat tomonidan berilayotgan e’tiborga qarab baho berilgan. Inson hayoti oiladan boshlanadi va aynan shu yerda u shaxs sifatida shakllanadi. Oila – mehr-muhabbat, o’zaro hurmat, birdamlik kabi umuminsoniy qadriyatlar asosidir. Oilaning farovonligi – mamlakat taraqqiyoti va rivojlanishining o’lchovi  hisoblanadi. Xalqaro oila  kunini o’tkazishdan maqsad jahon hamjamiyati diqqatini oilaviy qadriyatlarga va oila instuti bilan bog’liq muammolarga qaratishdir. Bayram munosabati bilan har yili BMT bosh kotibining murojaati e’lon qilinadi va bu kun ma’lum bir mavzuga bag’ishlanadi.

Оставьте комментарий