DO`STLARGA ULASHING:
Toshkent shahridan subsidiya asosida uy-joy olish uchun oilaning oylik daromadi qancha bo‘lishi kerak.
⚡️SAVOL;
Men Toshkent shahridan subsidiya asosida uy-joy olmoqchi edim. Menga subsidiya ajratilishi uchun meni oilamni oylik daromadi qancha bo‘lishi kerak ?
⚡️JAVOB;
Vazirlar Mahkamasining 25.03.2020 yil kungi 182-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, fuqarolar tomonidan uy-joy sotib olishda davlat budjetidan subsidiya ajratilishi uchun oilaning o‘rtacha oylik daromadi: Toshkent shahrida — Eng kam ish haqi (822 000) ning 3,0 baravari (2 466 000)dan kam va 9,2 baravari (7 562 400) dan yuqori bo‘lmasligi kerak.